Page 26 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 26

borishi     tuproq     strukturasining     buzilishiga,     sho‘rtoblanish     jarayonining
                  kuchayishiga, tuproq unumdorlik darajasining keskin pasayib ketishiga olib keladi.
                  Bu esa qishloq xo‘jaligida katta yo‘qotishlarga olib keladi.

                      Tuproq  sho‘rtoblanishining  bevosita  ko‘rsatkichi  bu  umumiy  ishqoriylik
                  (HCO 3) hisoblanadi. Agar HCO 3 0,06% (1 mg-ekv HCO 3) dan va SO 3 0,001% dan
                  yuqori bo‘lsa bu sho‘rtoblanish belgisidan dalolat beradi. Umumiy ishqoriylik 0,1
                  % dan katta bo‘lsa sho‘rtoblanish kuchli darajada bo‘ladi.
                      Bu  borada,  Kimberg,  Kochubey  va  boshqa.  (1960  y.)  quyidagi  gradatsiyasi
                  qabul qilingan.
                     1.  Sho‘rtoblashmagan– HCO 3 miqdori < 0,05 %

                     2.  Kuchsiz sho‘rtoblashgan– HCO 3 miqdori 0,05-0,07 %
                     3.  O‘rtacha sho‘rtoblashgan– HCO 3 miqdori 0,07–0,1 %

                     4.  Yuqori sho‘rtoblashgan– HCO 3 miqdori > 0,1 %
                        Bugunda,  respublikamiz  hududida  tarqalgan  sho‘rtobli  tuproqlarning  aniq
                  maydonlari  hisoblab  chiqilmagan  va  bu  to‘g‘rida  aniq  ma’lumotlar  yo‘q.  Lekin
                  bunday  tuproqlarning  ham  cho‘l  zonasida,  ham  bo‘z  tuproqlar  mintaqasida
                  mavjudligi  ko‘pgina  tadqiqotchilar  tomonidan  daliliy  ma’lumotlar  asosida
                  tasdiqlangan. Jumladan, G.I.Vaylert va boshqa. (1961), N.V.Kimberg va boshqa.
                  (1964),  I.N.Felitsiant  (1964)  ishlarida  hamda  oxirgi  yillarda  tuproqshunoslik  va
                  agrokimyo  ilmiy-tadqiqot  davlat  institutida  olib  borilgan  tadqiqotlarida  uchrab
                  turadigan sho‘rtobli tuproqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan.
                        Bunday  sho‘rtobli  tuproqlardagi  singdirilgan  asoslar  tarkibi  va  miqdorlari,
                  hamda  singdirish  sig‘imi  to‘g‘risidagi  kimyoviy  analiz  ma’lumotlari  11-jadvalda
                  namoyish etilgan. Sho‘rtobli tuproqlarning singdirish sig‘imi odatda uncha yuqori
                  bo‘lmaydi.

                                                                                                1 1 - j a d v a l
                          Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning singdirilgan asoslar tarkibi,
                                      miqdorlari hamda singdirish sig‘imi (1998 y.)

                                               100 g tuproqda mg-ekv                  Yig‘indiga nisbatan %
                   Kesma  Chuqurlik,    pH            hisobida           Yig‘indi           hisobida
                     №         sm
                                                              +
                                                       ++
                                              Ca ++   Mg    K      Na              Ca ++   Mg    K      Na
                                                                      +
                                                                                                           +
                                                                                            ++
                                                                                                  +
                              0–36      7,85   3,2   2,6    0,41   1,73    7,94    40,3  32,7    5,2    21,8
                     717      36–62     7,80   4,2   4,2    0,48   2,08    9,76    30,7  43,0    4,9    21,4
                              62–95     7,62   4,0   4,0    0,29   1,04    8,13    34,4  49,2    3,6    12,8
                              0–30      8,26   3,8   3,4    0,43   3,04    10,67   35,6  31,9    4,0    28,5
                              30–50     7,79   2,2   2,0    0,37   1,41    5,98    36,8  33,4    6,2    23,6
                     806
                              50–75     7,73   3,2   1,4    0,34   1,02    5,96    53,7  23,5    5,7    17,1
                             75–100     7,77   2,0   1,6    0,22   0,78    4,60    43,5  34,8    4,7    17,0
                              0–24      7,82   5,8   3,6    0,21   2,17    11,78  49,24  30,56  1,78    18,4
                     1078     24–50     7,69   5,8   3,6    0,18   1,82    11,40  50,88  31,58  1,57    16,0
                              50–78     8,02   4,0   3,2    0,15   1,65    9,00   44,44  35,56  1,67    18,3
   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30   31