Page 28 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 28

Ayni  paytda  magniy  va  natriy  tuzlarining  suvda  oson  eruvchanligi  bois
                  tuproq  eritmasida  ularning  miqdori  doimo  yuqori.  Shu  sababli  tuproq  singdirish
                  kompleksida  kalsiyning  o‘rnini  oson  egallashlari  mumkin.  Bu  borada
                  V.A.Kovdaning «tuproqda natriy ioni bor ekan o‘sha yerda sho‘rtoblanish albatta
                  mavjuddir» degan iborasini eslash kifoyadir.

                         Sho‘rtobli  tuproqlarning  meliorativ  holatini  yaxshilashning  agrotexnik,
                  biologik, kimyoviy va bir qancha boshqa usullari mavjud.
                          kimyoviy  usul  bu  tuproq  singdirish  kompleksidagi  sho‘rtoblikni  paydo
                                                         ++
                  qiluvchi  Na  +    kationi  o‘rnini  Ca   kationiga  almashtirishga    asoslangan  bo‘lib,
                  bunda tuproqlarni gipslash (CaSo 4 · 2 H 2O) aynan shu maqsad uchun qo‘l keladi.
                                                                                           ++
                  Erga solingan gips tuproqdagi natriyni reaksiya orqali kalsiy Ca   kationi, tuproq
                  singdirish kompleksidan siqib chiqargach, Na 2SO 4 natriy sulfat hosil bo‘ladi. Bu
                                                        ++
                  yerda oddiy almashinish, ya’ni Ca   o‘rniga Na   almashadi.
                                                                        +
                                              Na2CO3 + CaSO4 - CaCO3 + Na2SO4
                                                      Na                 
                                                ТСК   Na    CaSO   ТСК   Сa   Na 2 SO
                                                                                        4
                                                                  4
                                                                          
                                                     
                         Singdirilgan  natriy  (Na)  ioni  va  singdirish  sig‘imining  miqdori  asosida
                  tuproqni gipslash me’yori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

                                                   X = h · d · 0,086 · Na (mg.ekv)
                         Bu yerda:
                        h- qatlam qalinligi, sm
                                                3
                        d- xajm og‘irlik, g/sm
                        0,086- 1 mg.ekv. CaSO 4 · 2H 2O gramm hisobida
                        Na- singdirish sig‘imidagi natriy ulushi, mg.ekv.

                         Masalan:  11  jadval  806  kesmadagi  0-30  sm  qatlamdagi  singdirish
                  kompleksidagi ma’lumotlardan foydalanadigan bo‘lsak, u quyidagicha hisoblanadi:

                                                30 · 1,40 · 0,086 · 3,04 = 10,98 t/ga

                         Demak,  ushbu  0-30  sm  tuproq  qatlamini  gipslash  uchun  10,98  t/ga  gips
                  solish kerak ekan.

                        Topshiriq:
                        Quyidagi  jadval  tuproq  singdirish  kompleksi  ma’lumotlaridan  foydalangan
                  holda tuproq sho‘rtoblanganlik darajasini va ularni gipslash me’yorini aniqlang?
   23   24   25   26   27   28   29   30   31   32   33