Page 23 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 23

va qishloq xo‘jalik o‘simliklari hosilini muntazam ravishda oshirishda turli xildagi
                  xaritogrammallar muhim ahamiyat kasb etib, ular xo‘jaliklar uchun asosiy hujjat
                  hisoblanadi.

                         Xaritogramma  bu  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  maydonlarining  tuproq  xaritasi
                  masshtabida  chizilgan  sxema  tarzidagi  tasviridir.  Xaritogrammalar  tuproqning
                  ayrim  xossalari  ta’rifini  to‘ldirish  uchun  masalan:  chirindili  qatlam  qalinligi,
                  mexanik  tarkibi,  eroziyalanganlik  darajasi,  sho‘rlanganlik  va  sho‘rtoblanganligi
                  xaritogrammalaridan va shu kabilardan iborat bo‘lib, tuproqlardan foydalanishga
                  doir  tavsiyalarni  aniqlashtirish  uchun  mo‘ljallangan.  Bundan  tashqari  tuproq
                  tarkibidagi  kaliy  va  fosforning  harakatchan  shaklini  ko‘rsatuvchi  agrokimyoviy
                  xaritogrammalar ham tuziladi.
                         Barcha  turdagi  xaritogrammalar  umumiy  va  regional  xillarga  ajratiladi.
                  Umumiy  xaritogrammalar  hamma  zona va hududlar uchun tuzilishi  shart bo‘lib,
                  bunda  tuproqlarni  agroishlab  chiqarish  guruhlarga  birlashtirish  va  ulardan
                  foydalanishga  doir  tavsiyalar  beruvchi  xaritogrammalar,  harakatchan  shakldagi
                  fosfor  va  kaliyning  miqdorini  ko‘rsatuvchi  xaritogrammalar  hamda  tuproq
                  bonitirovkasiga doir xaritogrammalarni o‘z ichiga oladi.
                         Regional  xaritogrammalar  tabiiy  sharoitning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga,
                  tuproq  qoplamiga,  xo‘jalikning  ixtisoslashuviga  qarab  bir  yoki  bir  necha  tabiiy
                  zonalarda yoki alohida xo‘jaliklarda tuziladi. Bular tuproqlarning eroziyalanganlik,
                  kislotalik, sho‘rlanganlik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha tuziladi.

                         Barcha  xaritogrammalarga  ularga  tegishli  bo‘lgan  eksplikatsiya  va
                  tushuntirish xati ilova qilinib, unda barcha o‘tkazilgan ishning natijalari, tuproqdan
                  foydalanishga  doir  tavsiyalar,  ularning  unumdorligini  oshirish  yuzasidan  chora-
                  tadbirlar ko‘rsatiladi. Tuproqning shoʻrlanish bo‘yicha xaritogrammasini tuzishda
                  laboratoriya tahlillarining natijalari tekshiriladi va tuproq kesmalarining 0-1 va 1-2
                  metr qatlamlari uchun tuz zahiralari hisoblab chiqiladi.
                         Tahlillar  va  umumlashtirishlar  natijasiga  ko‘ra  tuproqlarning  shoʻrlanishi
                  bo‘yicha  dalada  qilingan  xaritalarga  tuzatishlar  kiritiladi  va  ularga  tuproq
                  xaritasidan,  tuproqlarning  har  xil  genezisi,  mexanik  tarkibi  bo‘yicha  konturlari
                  o‘tkaziladi. Tugallangan oxirgi xaritalar shoʻrlanish darajasining eksplikatsiyasidan
                  tashqari sho‘rlarni yuvish me’yori va necha marta yuvish kerakligi haqida tavsiya
                  ham beriladi.

                         Bir xil darajada sho‘rlangan va tuzlar tarkibi bir xil, lekin mexanik  tarkibi
                  har xil sho‘rlangan tuproqlar alohida kontur qilib ajratilishi kerak, chunki bunday
                  tuproqlardan  sho‘rning  chiqib  ketishi  koeffitsienti  har  xil  bo‘ladi.  Shu  sababli,
                  sho‘rlangan tuproqlarni meliorativ holatini yaxshilashda tavsiya etiladigan chora-
                  tadbirlarning bir-biriga yaqin bo‘lgan bir necha xil tuproq ayirmalarini birlashtirish
                  orqali agromeliorativ guruhlarga ajratiladi va ularga xos bo‘lgan tadbirlar belgilab
                  olinadi.
   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27   28