Page 18 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 18

Ushbu  usul  yordamida  7-jadvalda  berilgan  suvli  so‘rimning  0-32  sm
                  qatlamidagi  ma’lumotlaridan  foydalanib  tuzlarning  sifat  tarkiblari  quyidagicha
                  aniqlanadi:
                                                                                                  7 - j a d v a l

                                                                                                        +
                                                                                                     Na
                     Kesma    Chuqurlik, sm    Quruq     HCO 3      Cl -   SO 4  Ca   Mg   mg.ek
                                                                                             ++
                                                               -
                                                                              --
                                                                                      ++
                       №                       qoldiq                                                     %
                                                                                                   v
                                   0-32         1,800     0,018    0,192  0,905  0,135  0,049  13,78  0,317
                                                           0,30     5,42   18,83  6,74    4,03
                                   32-57        1,190     0,024    0,140  0,565  0,105  0,040  7,57  0,174
                                                           0,39     3,95   11,76  5,24    3,29

                       31          57-94        2,570     0,021    0,567  0,905  0,105  0,061  24,91  0,573
                                                           0,34    16,00  18,83  5,24     5,02
                                  94-138        1,890     0,030    0,109  1,075  0,200  0,058  11,19  0,257
                                                           0,49     3,07   22,37  9,98    4,77
                                  138-190       1,360     0,021    0,077  0,790  0,180  0,027  7,75  0,178
                                                           0,34     2,17   16,44  8,98    2,22


                        1.  Kalsiyning  bikarbonat  holatida  bog‘langan  miqdori  hisoblanadi.  Bunda
                  umumiy  ishqoriylik  (HCO 3)ning  0,30  mg.ekv.  miqdori  bilan  bog‘lanishi  uchun
                  yana  shuncha  miqdordagi,  ya’ni  0,30  mg.ekv  kalsiy  (Ca)  keark  bo‘ladi.  0,30
                  mg.ekv  miqdor  hosil  bo‘layotgan  Ca(HCO 3) 2  tuzining  ekvivalent  og‘irligi
                  (81,05)ga ko‘paytiriladi va 1000 bo‘linadi, ya’ni 0,30 · 81,05 : 1000 = 0,024 foiz
                  miqdorda Ca(HCO 3) 2 tuzi tashkil qilar ekan.
                        Bu  yerda  umumiy  ishqoriylikning  kalsiy  bilan  bog‘lanishdagi  ortib  qolgan
                  miqdori,  huddi  shu  yo‘l  bilan  Mg(HCO 3) 2  tuzi,  agarda  shunda  ham  umumiy
                  ishqoriylik ortib qolsa NaHCO 3 tuzi hisoblab chiqiladi.
                        Suvli  so‘rimdagi  ionlarni  bir  biriga  bog‘lab  tuzlarni  hisoblashda  dastlab
                  zaharsiz tuzlar, keyinchalik zaharli tuzlar va ularning zaharlilik darajasining ortib
                  borishi ketma-ketligida olib boriladi.

                        Bunda,  HCO 3  bilan  bog‘langan  kalsiyning  milliekvivalent  miqdori  o‘sha
                  o‘lchov birliklari ko‘rinishidagi umumiy miqdoridan ayrib tashlanadi.
                                                  6,74-0,30 =  6,44 mg.ekv. (Ca)


                        2.  Kalsiyning  sulfat  kislotasi  bilan  bog‘langan  miqdori  hisoblanadi.  Biz
                  ko‘rsatgan misolda sulfat kislotasi kalsiydan ko‘p, ya’ni 18,83 mg.ekv SO 4, 6,44
                  mg.ekv Ca.
                        Demak,  CaSO 4  (gips)  tuzi  hosil  bo‘lishi  uchun  SO 4  ionidan  6,44  mg.ekv.
                  miqdor  talab  etiladi,  ya’ni  sulfat  kislotasi  bilan  faqat  kalsiyning  qolgan  (6,44)
                  mg.ekv. ga teng bir qismi bog‘lanadi.
   13   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23