Page 19 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 19
6,44 mg.ekv miqdor hosil bo‘layotgan CaSO 4 tuzining ekvivalent og‘irligi
(68,10)ga ko‘paytiriladi va 1000 bo‘linadi, ya’ni 6,44 · 68,10 : 1000 = 0,439 foiz
miqdorda CaSO 4 tuzi mavjud ekan.
Agar kalsiy sulfat kislota bilan bog‘langanda ortiqcha chiqsa uni CaCl 2
ko‘rinishida Cl bilan bog‘lanadi. Sulfat kislotasining kalsiy bilan bog‘langandan
keyingi miqdori:
18,83 – 6,44 = 12,39 mg.ekv. (SO 4) ga teng ekan.
3. Sulfat kislotasining bu miqdori magniy bilan bog‘lanadi. Magniyning
mg.ekv. miqdori 4,03 ni tashkil qiladi.
Demak, MgSO 4 tuzi hosil bo‘lishi uchun SO 4 ionidan 4,03 mg.ekv miqdor
talab etiladi.
4,03 mg.ekv miqdor hosil bo‘layotgan MgSO 4 tuzining ekvivalent og‘irligi
(60,21)ga ko‘paytiriladi va 1000 bo‘linadi, ya’ni 4,03 · 60,21 : 1000 q = 0,243 foiz
miqdorda MgSO 4 tuzi hosil bo‘lar ekan.
Agar magniy ioni ortiqcha chiqsa, uni MgCl 2 tuzi ko‘rinishida Cl bilan
bog‘lanadi. Sulfat kislotasining magniy bilan bog‘langandan keyingi miqdori:
12,39 – 4,03 = 8,36 mg.ekv. (SO 4)ga teng ekan.
4. Sulfat kislotasining qolgan miqdori (8,36) natriy (Na) bilan bog‘lanadi.
Natriyning mg.ekv. miqdori 13,78 ni tashkil qiladi.
Demak, Na 2SO 4 tuzi hosil bo‘lishi uchun Na ionidan 8,36 mg.ekv miqdor
talab etiladi, ya’ni natriy bilan faqat sulfat kislotasining qolgan 8,36 mg.ekv.
miqdorga teng bir qismi bog‘lanadi.
8,36 mg.ekv miqdor hosil bo‘layotgan Na 2SO 4 tuzining ekvivalent
og‘irligi (71,05)ga ko‘paytiriladi va 1000 bo‘linadi, ya’ni 8,36 · 71,05 : 1000 =
0,594 foiz miqdorda Na 2SO 4 tuzi tashkil qilar ekan.
Demak, sulfat kislotasining natriy bilan bog‘langandan keyingi miqdori:
13,78– 8,36 = 5,42 mg.ekv. (Na) ga teng.
5. Natriy ionining qolgan miqdori (5,42) o‘z-o‘zidan ma’lumki o‘sha
miqdorga ega bo‘lgan xlor ioni bilan bog‘lanadi. Bunda, xlorning mg.ekv. miqdori
natriyning qolgan qismi bilan teng bo‘lgan miqdorni tashkil qiladi, ya’ni 5,42
mg.ekv. Na, 5,42 mg.ekv. Cl.
5,42 mg.ekv miqdor hosil bo‘layotgan NaCl tuzining ekvivalent og‘irligi
(58,46)ga ko‘paytiriladi va 1000 bo‘linadi, ya’ni 5,42 · 58,46 : 1000 = 0,317 foiz
miqdorda NaCl tuzi tashkil qiladi.
Demak, tuzlarning sifat tarkibi, ya’ni ionlarni bir biriga gipotetik bog‘lash
orqali hisoblanadigan tuzlar miqdori to‘liq yakunlandi. Suvli so‘rimning
qolgan qatlamlaridagi ionlarning bir-biriga bog‘lash usuli huddi shu
yo‘nalishda hisoblab chiqiladi.