Page 15 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 15
tuproqning mexanik tarkibi, undagi suv-tuz eritmalarining kapillyar ko‘tarilishi va
tuzlarning miqdor va sifat tarkiblari bilan uzviy bog‘liqdir.
Shuningdek, tabiiy sharoitdagi tuproqlarning sho‘rlanganlik va
sho‘rxoklarning vujudga kelishiga asosan iqlim sharoiti, ona jinsning tarkibi,
o‘simliklarning xarakteri va minerallashgan sizot suvlari sabab bo‘ladi. Bulardan
tashqari, sug‘oriladigan dehqonchlilik sharoitida tuproqlarning shoʻrlanishiga
sug‘orish suvi tarkibida bo‘lgan tuzlar ham sabab bo‘ladi, chunki har yili ekinlar
ko‘p marotaba yuqori me’yorlarda sug‘orilishi natijasida tuproqda har xil tuzlar
to‘planadi.
SHo‘rlangan tuproqlar va sho‘rxoklar tarkibida uchraydigan tuzlar asosan uch
-
+
--
--
++
--
++
kation (Na , Mg , Ca ) va to‘rt anion (Cl , SO 4 , CO 3 , HCO 3 ) ning kimyoviy
birikmasi natajasida hosil bo‘lgan quyidagi 12 xil tuzdan iboratdir:
Karbonatlar - Na 2CO 3, MgCO 3, CaCO 3
Bikarbonatlar - Na HCO 3, Mg(HCO 3) 2, Ca(HCO 3) 2
Sulfatlar - Na 2SO 4, MgSO 4, CaSO 4
Xloridlar - NaCl, Mg Cl 2,CaCl 2
Bu tuzlarning zaharliligi ularning eruvchanlik darajasiga, ayniqsa ionlar
tarkibiga bog‘liq bo‘lib, bulardan CaSO 4·2H 2O (gips), Ca(HCO 3) 2 (kalsiy
bikarbonat), CaCO 3 (ohak) va Mg(HCO 3) 2 (magniy bikarbonat) o‘simliklar uchun
deyarli zaharsiz, qolgan 8 xili o‘simliklar uchun zaharli hisoblanadi. Bularning
ichida eng xavflisi soda (Na 2CO 3) bo‘lib, uning 0,001% miqdori o‘simliklarni
nobud qilishi mumkin. Bu tuzning (Na 2CO 3) qishloq xo‘jalik ekinlariga
ko‘rsatadigan zaharli ta’siri Na 2SO 4 tuziga qaraganda 10 marta ortiq. Undan keyin
osh tuzi (NaCl), magniy xlorid (MgCl 2), kalsiy xlorid (CaCl 2), natriy sulfat
(Na 2SO 4) va taxir tuzlar (MgSO 4) o‘rin egallaydi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tuzlar paxta va boshqa madaniy ekinlarga va tabiiy
o‘simliklarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim tuzlarning nisbatan yuqori miqdori
o‘simliklarga unchalik salbiy ta’sir ko‘rstmaydi, ba’zi tuzlarning juda kam miqdori
ham o‘simliklarni nobud qilishi mumkin, bu o‘z navbatida tuproqning zaharli
tuzlar bilan sho‘rlanganlik darajasining turlicha bo‘lishidan dalolat beradi. Shuning
uchun tuproqdagi suvda oson eruvchi tuzlarning umumiy miqdoridan zaharli tuzlar
miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Zero, kuchli sho‘rlangan deb
baholangan tuproqlar aslida zaharlilik darajasi bo‘yicha o‘rtacha yoki kuchsiz
sho‘rlangan tuproqlarga mansub bo‘lishi yoki umuman aksi bo‘lishi mumkin. Bu
esa hozirgi bozor munosabatlari va suv tanqisligi sharoitida tuproqqa to‘g‘ri baho
berishni taqozo etadi.
Tuproqdagi zaharli tuzlar miqdori (%)ni hisoblashning hozirda 3 ta usuli
mavjud.
1. N.I.Bazilevich va E.I.Pankovalarning empirik formulasi orqali ya’ni, suvli
++
+
so‘rimdagi natriy (Na ) va magniy (Mg ) ionlarining milliekvivalent miqdorini bir
biriga qo‘shib uni 15 ga bo‘lish orqali aniqlanadi.