Page 10 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 10

oson qiyoslanuvchi ko‘rsatkichlardan bo‘lib, bunda, tuzlarning shu qatlamlardagi
                  o‘rtacha arifmetik miqdorlari va ularning zahiralarini belgilab beradi.

                        Tuz  zahiralari  tabiiy  va  inson-xo‘jalik  sharoitlariga,  o‘tkazilayotgan
                  agrotexnik  va  agromeliorativ  tadbirlar,  jumladan  kuzgi-qishki  va  erta  bahordagi
                  sho‘r yuvishning sifatiga va tuproqlar xossalariga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
                                                                         1
                        Tuproqdagi  tuzlarning  umumiy  zahirasini -  suvli  so‘rim  analizidagi  quruq
                  qoldiq,  hajm  og‘irlik  va  o‘sha  qatlam  qalinligiga  ko‘paytirish  orqali  hisoblab
                  chiqiladi.

                                                             A= h · V · B

                        Misol uchun 5-jadvaldagi suvli so‘rim ma’lumotlari bo‘yicha 0-28 sm qatlam
                  uchun tuproqning hajm og‘irligini- 1,32; 28-54 sm qatlam uchun- 1,44; 54-87 sm
                  qatlam  uchun-  1,53;  87-130  sm  qatlam  uchun  1,39  g/sm   deb  hisoblasak
                                                                                           3
                  quyidagicha bo‘ladi:


                         1. (0-28sm)    28 · 1,32 · 3,116 = 115,17 t/ga

                         2. (28-54sm)   26 · 1,44 · 2,425 = 90,79 t/ga
                         3. (54-87sm)   33 · 1,53 · 0,750 = 37,87 t/ga
                         4. (87-130sm)  43 · 1,39 · 0,210= 12,55 t/ga


                                                                                                  5 - j a d v a l
                                                        Suvli so‘rim analizi
                                                                                                         +
                                                                                                      Na
                              Chuqurlik,  Quruq
                                                                                    ++
                                                                                             ++
                                                           -
                   Kesma №                           HCO 3      Cl -    SO 4     Ca       Mg   mg.ek
                                                                            --
                              sm            qoldiq                                                         %
                                                                                                    v
                                  0-28       3,116    0,018    1,036    0,960    0,215   0,105  30,13  0,693
                                                      0,30     29,23    19,98    10,73    8,64
                                 28-54       2,425    0,015    0,865    0,675    0,211   0,100  19,94  0,459
                                                      0,25     24,40    14,05    10,53    8,23
                       6
                                 54-87       0,750    0,015    0,157    0,290    0,065   0,015    6,23  0,143
                                                      0,25      4,43     6,03    3,24     1,23
                                87-130       0,210    0,027    0,070    0,035    0,015   0,003    2,15  0,049

                                                      0,44      1,97     0,73    0,75     0,25

                        Xuddi  shu  ko‘rinishda  umumiy  tuzlar  zahirasidan  tashqari  suvli  so‘rimdagi
                  barcha ionlar zahirasi ham hisoblab chiqiladi. Har bir alohida genetik qatlam uchun
                  hisoblab  chiqilgan  tuzlar  (quruq  qoldiq  va  ionlar)  zahiralari  umumlashtirilgan
                  holda 0-1, 1-2 m yoki belgilagan boshqa qatlamlar uchun hisoblab chiqiladi.



                  1  Тупроқдаги гумус, азот, фосфор ва калийларнинг заҳиралари ҳам шу формула ёрдамида топилади.
   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15