Page 13 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 13

3
                  1,43 g/sm . Demak, umumiy tuz zahirasi 100 · 1,43 · 1,732 = 247,68 t/ga ni tashkil
                  qilib, hisoblash amali to‘g‘ri.

                        Biz,  ushbu  hisoblashni  kengroq  tushuntirishga  harakat  qildik,  chunki
                  ko‘pgina talabalar tuzlarning zahirasini, masalan 0-30 sm qatlamini hisoblashda
                  0-28 va 28-30 sm qatlamlarni alohida hisoblamasdan 0-30 sm qilib yaxlitlab olishi
                  yoki  bo‘lmasa  ularning  o‘rtacha  foiz  miqdorlarini  hisoblashda  mavjud
                  qatlamlardagi  miqdorlarni  bir  biriga  qo‘shib  ularni  o‘sha  qatlamlar  soniga
                  bo‘lish  orqali  chiqarishga  harakat  qilishadi.  Bunday  amallar  albatta  noto‘g‘ri
                  hisoblanadi.
                        Tuproq  tuz  epyurini  chizish-  suvli  so‘rim  ma’lumotlaridagi  anion  va
                  kationlarning  milliekvivalent  miqdorini  millimetrovka  qog‘ozga  tushirib
                  chiqishdan iborat.
                        5-jadvaldagi suvli so‘rim ma’lumotlaridan foydalanadigan bo‘lsak, u quyidagi
                  grafik (1-rasm) ko‘rinishiga ega bo‘ladi.

                        Ushbu  rasmda  biz  tuproqning  tuz  epyuridan  tashqari  uning  litologik
                  tuzilishini ham birga keltirdik, chunki tuproqni aeratsiya zonasi yoki yuqorigi aktiv
                  qatlamlarini litologik tuzilish va granullometrik tarkibini aniqlash muhim amaliy
                  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  jumladan  sug‘orish  soni  va  me’yorlari,  zovurlar
                  parametrlari,  sug‘orish  egatlari  uzunligi,  tuproqqa  ishlov  berish  texnologiyalari,
                  tuproqning suv va tuz tartibotlari, suv o‘tkazuvchanlik va tuproqdan namning va
                  tuzli eritmalarning kapillyarlar orqali ko‘tarilish hossalari, qatlamlarda tuzlarning
                  yig‘ilishi, tuproq shoʻrlanishi va boshqa ko‘pgina jarayonlarni belgilab beradi.
                        Bunda 0-28 va 28-54 sm qatlamlar o‘rta qumoq, 54-87 sm- yengil qumoq va

                  87-130 sm qatlam qumloq mexanik tarkibga ega.
                                            Катионлар, мг.экв.                    Анионлар, мг.экв.

                                   50      40      30       20      10       0     0       10      20       30      40      50
                                 0                                МЕХАНИК
                                                                   ТАРКИБ
                                 10
                                 20
                                 30
                                 40
                              Чу¢урлик,
                                см  50
                                 60
                                 70
                                 80
                                 90
                                100
                                110
                                120
                                       1.Расм. Суғориладиган  ўтлоқи тупроқнинг литологик ва туз профили
                                130
                                    О¨ир ¢умо¢        £рта ¢умо¢        Енгил ¢умо¢         ¡умло¢
                                   HCO 3         Cl -      SO -- 4      Ca ++        Mg ++       Na
                                                                                                   +
                                      -
   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18