Page 25 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 25
Tuproqning singdirish xususiyati uning mexanik tarkibi, strukturasi va
namligiga bog‘liq. Tuproqning singdirish xususiyatiga ko‘ra tuproq eritmasining
konsentratsisini tartibga solib turish mumkin. Binobarin, tuproq eritmasining
konsentratsiyasi oshib borishi bilan tuproqning singdirish xususiyati ham ortib
boradi, Shuningdek, eritmaning konsentratsiyasi kamayishi bilan tuproq eritmaga
o‘ziga singan moddalarni o‘tkaza boshlaydi. Bu bilan o‘simliklar tuproqdagi
zararli birikmalardan saqlanib qoladi. Bu hodisa esa o‘simliklarning oziqlanishida
muhim rol o‘ynaydi.
Akademik K.K.Gedroys tuproqning singdirish xususiyatini besh turga
bo‘ladi: mexanik, fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik singdirish.
Tuproq eritmasidagi har xil tuzlar va kislotalarning suvli muhitda kation va
anionlarga parchalanib, hosil bo‘lgan ionlarning kolloid zarrachalari yuzasiga
singishi va zarralardan ularga ekvivalent miqdorda ionlarning ajralib chiqish
jarayoni fizik-kimyoviy singdirish deyiladi. Bu jarayon tuproq kolloidlari yuzasida
kechib, ularning miqdorini oshishi bilan tuproq singdirish sig‘imi ham oshib
boradi. Tuproqning fizik-kimyoviy singdirish jarayoniga sug‘orish, sho‘r yuvish,
mineral va organik o‘g‘itlarning qo‘llanilishi va boshqa ko‘pgina omillar sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq singdirilgan kompleksi bilan tuproq eritmasi doimiy
o‘zaro ta’sir etib turadi. Shuning uchun har bir tuproqning singdirilgan kompleksi
bo‘lib, u ma’lum tarkib va kationlar soniga ega bo‘ladi.
Tuproq sho‘rtoblanish darajasi singdirish sig‘imidagi singdirilgan natriy
kationining foiz miqdori bilan aniqlanadi. Tuproqni natriy bo‘yicha sho‘rtoblanishi
A.N.Rozanov (1951) va magniy bo‘yicha sho‘rtoblanishi P.A.Kerzuma (1964)
klassifikatsiyasi bo‘yicha aniqlanadi.
1 0 - j a d v a l
Tuproqni sho‘rtoblanish bo‘yicha bo‘linishi
Singdirilgan asoslar yig‘indisiga nisbatan %
Sho‘rtoblanish darajasi hisobida
Na Mg
Sho‘rtoblashmagan <5 <50
Kuchsiz sho‘rtoblashgan 5-10 50-60
o‘rtacha sho‘rtoblashgan 10-20 60-75
Kuchli sho‘rtoblashgan 20-30 >75
Sho‘rtob >30 -
Tuproq singdirish kompleksini asosan kalsiy, magniy, natriy va kaliy
kationlari tashkil qiladi. Ularning miqdorlarini bir biriga nisbatan kamayishi yoki
ortishi tuproq holatlarini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, singdirish kompleksida
kalsiy kationining ko‘pligi tuproq strukturasining yaxshilanishiga, turli salbiy
jarayonlarga qarshi tura olish (buferlik) qobilyatining oshishiga, umuman tuproq
unumdorligini yaxshilanishiga olib keladi. Aksincha, natriy kationining oshib