Page 29 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 29
Yig‘indiga nisbatan %
Chuqur- 100 g tuproqda mg-ekv hisobida
Kesma № Yig‘indi hisobida
lik, sm
Ca Mg K Na Ca Mg K Na
0–28 4,10 3,40 0,32 2,12 9,94 41,25 34,21 3,22 21,33
18 28–54 3,60 2,90 0,42 1,78 8,70 41,38 33,33 4,83 20,46
54–85 3,80 3,30 0,23 1,23 8,56 44,39 38,55 2,69 14,37
0–34 3,90 3,60 0,39 3,20 11,09 35,17 32,46 3,52 28,85
34–63 2,30 2,20 0,42 1,50 6,42 35,83 34,27 6,54 23,36
37
63–82 3,40 1,80 0,38 1,32 6,90 49,28 26,09 5,51 19,13
82–115 2,30 1,90 0,20 0,93 5,33 43,15 35,65 3,75 17,45
Bilimingizni sinab ko‘ring
1. Sho‘rtobli tuproqlarga ta’rif bering ?
2. Tuproq singdirish sig‘imi deganda nimani tushunasiz ?
3. Tuproqning singdirish xususiyati necha xilga bo‘linadi ?
4. Tuproqning singdirish xususiyatiga asosan qaysi omillar ta’sir qiladi
va ular xaqida qisqacha gapirib bering ?
5. Tuproq sho‘rtoblanishi qaysi klassifikatsiya yordamida aniqlanadi va
bunda qaysi ionlar hisobga olinadi ?
6. Sho‘rtoblangan tuproqlarni gipslash deganda nimani tushunasiz va
uning gipslash me’yori qanday aniqlanadi ?
6 - M A V Z U
TUPROQNING SHO‘RLANGANLIK DARAJASI VA XOSSALARIGA
SHO‘R YUVISH ME’YORINI ANIQLASH
Ishdan maqsad- talabalarni tuproq sho‘rlanganlik darajasi va xossalariga
sho‘r yuvishning me’yorini aniqlash bo‘yicha bugunda mavjud usullar bilan
tinishtirishdan iborat.
Metodik ko‘rsatmalar
Umumiy tushuncha. Meliorativ tadbirlar ichida tuproq sho‘rini yuvish eng
asosiy va muhim tadbirlardan hisoblanadi, shunga qaramasdan bu tadbir ko‘pincha
talab darajasida olib borilmaydi. Sho‘r yuvish ishlarini o‘tkazishdan oldin albatta
mavjud kollektor-zovur tarmoqlari tozalanib, ishchi holatga keltirilishi, yer osti
sizot suvlarining oqimi to‘la ta’minlanishi zarur. Sho‘r yuvishdan asosiy maqsad
uning birinchi bosqichida tuproqning sizot suvlarigacha bo‘lgan qatlamlarini
o‘simliklar uchun zararli bo‘lgan tuzlardan tozalash yoki zararli tuzlar miqdorini
ehtimoldagi eng kam ko‘rsatkichlargacha kamaytirish, uning ikkinchi bosqichida
esa sizot suvlari mineralizatsiyasini maqbul me’yorgacha (1-2 gl) kamaytirish
hisoblanadi.
Sho‘r yuvish ishlarining muayyan aniq muddatlari xo‘jalik mutaxassislari:
fermer, agronom, injener-gidrotexnik tomonidan ob-havo, iqlim sharoitlari va
bahorgi dala ishlari boshlanishini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.