Page 64 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 64
G’o’zaning o’suv davrida beriladigan o’g’it normasi mo’ljallangan joyga
to’liq o’tishi kerak, chunki u ortib yoki yetmay qolsa o’g’itlagichning noto’g’ri
sozlanganligidan dalolat beradi va bu g’o’zaning o’sish hamda rivojlanishini izdan
chiqishiga sabab bo’ladi.
O’g’itlagich apparatlarini aniq normada o’g’it tushadigan qilib sozlash uchun
sozlash bankasining pastki cheti bilan tarelkaning o’g’it o’tadigan har bir
apparatdan πtushgan o’g’it og’irligi; Dsurilgandagina o’g’it har bir tukoprovoddan
bir xil normada ravon tushadi. O’g’itlagich g’o’zani oziqlantirish oldidan
belgilangannorma asosida o’g’it tushadigan qilib sozlanadi. Buning uchun
traktorgaosilgan kultivator-o’g’itlagich ish xolatiga keltirilib, uning
harakatlantiruvchi o’ng yoki chap chetki g’ildiragi oson aylanadigan qilib taglikka
ko’tarib qoyiladi. Hamma o’g’itlagich apparatlarning o’g’it o’tkazadigan tirqishi
bir xil kenglikda qilinadi va o’g’itlagich bankasiga maydalangan yirikligi ko’pi
bilan 5 mm) o’g’it solinadi. Apparatga o’rnatilgan tukoprovod (varanka) olib
qoyilib o’rniga bir xil kattalikdagi xaltachalar oson qoyiladi.
Tayyorgarlik ishlari tugallangandan keyin traktorning yetakchi g’ildiragi
dvigatel yordamida harakatga keltirilib 10 marta aylantiriladi va belgilangan
normada o’g’it tushadigan qilib sozlanadi. Olingan ma’lumot aniq bo’lishi uchun
bu ish 3 marta takrorlanadi.
Odatda, o’g’itlagich apparatidan o’g’it tushish normasi quyidagi formula
boyicha hisoblanadi:
q ( q b q q ) 10
Q= 1 2 3 4
n B
D
Bunda:
Q- o’g’itlagichdan o’g’it tushish normasi, ga/kg; - q 1 q 2 q 3 q 4 –har bir
apparatdan tushgan o’g’it og’irligi;
D- traktor yetakchi g’ildiragining diametri, m; n- yetakchi g’ildirakning
aylanish soni.
B- agregatning ishlash kengligi, m;
n- 3,14 (o’zgarmas son).
Apparatning o’g’itlash normasi 10% dan ortiq farq qilmasa, o’g’itlagich
to’g’ri sozlangan bo’ladi, agarda farqi bundan ko’payib yoki kamayib ketsa,
o’g’itlash apparatlarini qaytadan sozlash kerak. O’g’itlagich aniq normada o’g’it
tushadigan qilib sozlangandan so’ng o’larxomutlar bilan mahkamlanadi,
tukoprovrd (varanka) apparatga ulanadi va o’g’it bunkerlarga solinib, dalada
ishlashga shay qilib qoyiladi.
Dala sharoitida o’g’it berish normasini sozlashda ba’zi o’g’itlagich
tirqishlarini taxminan bab-baravar balandlikda ochib qoyib, ma’lum kilogramm
o’g’itni hamma bunkerlarga baravar solib, traktorni kartaning boshidan oxirigacha
2-3 marta yurgizib, qancha o’g’it sarflanishi aniqlanadi. So’ng egat uzunligi va
o’g’itlagichning ish enlami bir-biriga ko’paytirilsa, necha kvadrat metr
maydono’g’itlanganligi kelib chiqadi. Gektariga necha kilogrammdan o’g’it
kelishini bilish uchun bir gektar maydonni (kvadrat metr hisobida)o’g’it berilgan