Page 61 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 61
Mikrounsurlarni samarali ishlatish uchun ularni murakkab o‘g‘itlar
tarkibiga aralashtirish zarur. Hozirgi vaqtda molibden, mis, rux va marganets
mikrounsurlari mineral o‘g‘itlar qo‘shib ishlatiladi.
Nazorat savollari
1.O’simlik gullarini to’kilib ketishi va o’suv nuqtalarini qurib qolishi qaysi
mikroo’g’it yetishmaganda yuz beradi?
2.Rux microo’g’itini o’simlik xayotidagi ahamiyatini aytib bering?
3.Qanday misli microo’gitlarni bilasiz?
12-Mavzu:G’O’ZANI O’G’ITLASH
Reja
1.G’o’zaga azotli o’g’itlarni qo’llash
2.G’o’zaga fosforli o’g’itlarni qo’llash
3.G’o’zaga kaliyli o’g’itlarni qo’llash
G’o’za asosan AQSh, Xitoy, Hindiston, Braziliya, Turkiya, Pokiston, Misr va
boshqa davlatlarida, shuningdek Markaziy Osiyo respublikalarida yetishtiriladi,
mamlakatimizning sug’oriladigan yerlarida g’o’zaning ko’p qismi bo’z, , o’tloq,
o’tloq-botqoq, taqir, sur-qo’ng’ir, sahro-qum tuproqlarda parvarish qilinadi.
G’o’za o’stiriladigan yerlarga tartibli (sistemali) ravishda katta meyorda
mineral o’g’it berish (gektariga o’rtacha 250-300 kg sof modda hisobida) barqaror
mo’l hosil olishni ta’minlaydi.
Bir tonna paxta va shuncha miqdordagi vegetativ massa to’plash uchun g’o’za
tuproqdan o’rta hisobda 60 kg N, 15 kg P 2O 5, 50 kg K 20 o’zlashtiradi. G’o’za
o’stirilgan yerlardan oziq elementlarning chiqib ketishi hosildorlik darajasiga va
uning tuzilishiga bog’liq. Gektaridan olinadigan hosil yuqori (45-50 s) bo’lganda
vegetativ va reproduktiv organlar orasidagi nisbat ancha qulay bo’ladi va 1 tonna
paxta yetishtirish uchun sarflanadigan oziq moddalar miqdori nisbatan kam,
hosiliga qaraganda oz bo’ladi.
Chigit unib chiqqandan to shonalashgacha o’simlik sekin o’sadi, bu davrda
maksimal darajada to’planadigan organik moddalarning atigi 4-5% i shakllanadi.
G’o’za shonalashdan to gullashgacha bo’lgan davr ichida quruq massaning
to’planishi kuchayadi, ya’ni 25-30% organik modda hosil bo’ladi Vegetativ
massaning jadal o’sish sur’ati ko’saklar pisha boshlagan paytgacha davom etadi va
bundan keyin quruq massaning ortishi reproduktiv organlar hisobiga sodir bo’ladi.
G’o’zaning oziq moddalarni talab qilishi, quruq moddalar to’planish sur’ati bilan
bog’liq va bu jarayon bir meyorda kechmaydi. Boshqa o’simliklar kabi g’o’za ham
o’suv davrining boshlarida fosfor va azot tanqisligiga ta’sirchan bo’ladi, vaholanki,
chigit unib chiqqandan to shonalashgacha o’tgan davr ichida u hosil bilan chiqib
ketadigan oziq elementlarning atigi 8-10% miqdorida talab qiladi. G’o’za gullay
boshlashdan to yoppasiga pishgunga qadar oziq moddalarni eng ko’p miqdorda
o’zlashtiradi.