Page 60 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 60
Molibdenli o‘g‘itlar tuproqqa kamdan kam hollarda ekishga qadar solinadi,
ularni ekin ekish vaqtida qatorlarga solish va ildizdan tashqari oziqlantirish uchun
rivojlanishning boshlang‘ich hollarida ammoniy molibdatning 0,1-0,05% li
eritmasi holida o‘simlikka purkash (1 ga yerga 50-100 g Mo) ancha tejamli va
samarali hisoblanadi. Chigitni ekishdan oldin molibden turlarining eritmasi bilan
ishlov berish (bir gektar yerga ekiladigan chigitga 20-50 g Mo) yaxshi natijalar
beradi.
Misning harakatchan birikmalarda bo‘z tuproqlarda 2,5-10,0 mg/kg atrofida
bo‘ladi. Agar tuproqda misning harakatchan shakllari 0,3 mg/kg dan ko‘p bo‘lsa,
mis bilan ta’minlanmaydi.
Pirit quyundisi 4-5 yilda bir marta yoki bahorda chigit ekishdan kamida 10-
15 kun oldin solinadi. Ildizdan tashqari oziqlantirish uchun 250-500 g mis kuporosi
300-500 l suvda eritiladi. Chigitni namlashda tuz sarfi 1 s urug‘ga 50-100 g
miqdorda belgilanadi.
Ruxning tuproqdagi umumiy miqdori 25-65 mg/kg gacha to‘g‘ri keladi.
Harakatchan rux bo‘z tuproqlarda 0,09-0,6 mg/kg atrofida bo‘ladi. Shlamlar
.
tuproqqa 0,5-1,5 s/ga miqdorda solinadi. ZnSO 4 ildizdan tashqari oziqlantirish (1
ga yerga 200-400 l 0,01-0,02% li eritma) va ekishdan oldin chigitlarga ishlov
berish (1 s chigit ga 6-8 l 0,05-0,1% eritma) uchun ishlatiladi.
Tajribalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatining oson
o‘zlashtiriluvchan kobalt hamda mis bilan kam ta’minlangan oddiy bo‘z tuproqlari
sharoitida, chigit ekishdan oldin kobalt va mis mikroo‘g‘itlarini 0,02-0,03% li
eritmasi bilan namlash ijobiy natijalar bergan. G‘o‘za shonalash davrining
boshlarida mis va kobaltlarning aralashmalarini gektariga 600-800 gr hisobidan
asosiy o‘g‘itlarga qo‘shib berilsa o‘g‘it samarasi yana ham ortadi.
Ilmiy izlanishlar natijasida Surxondaryo viloyatining ingichka tolali g‘o‘za
etishtiruvchi eskidan sug‘orib dehqonchilik qilinadigan och tusli bo‘z tuproqlarida
borli, misli, ruxli molibdenli o‘g‘itlarni qo‘llash paxta hosilini ortishiga ijobiy
ta’siri aniqlangan.
14-jadval
Tuproqni –mikroelementlarning miqdoriga ko‘ra baholash
Tuproqdagi 1 kg tuproqdagi mikroelementlar miqdori, mg
mikroelementla
r miqdorini B Cu Mn Mo (oksolat Zn CO
baholash (suvli (1n HCl (1n H2SO4da) so‘rimida) (1n KCl (HNO3
so‘rimda) da) da) da)
Juda kam 0,1 dan 0,3 dan 1 dan kam 0,05 dan 0,2 dan 0,2 dan
kam kam kam kam kam
Kam 0,1-0,2 0,3-1,5 1-10 0,05-0,15 0,2-1 0,2-1
O‘rtacha 0,3-0,5 2-3 20-50 0,20-0,25 2-3 1,5-3,0
Yuqori 0,5-1 4-7 60-100 0,3-0,5 4-5 4-5
Juda yuqori 1 dan ko‘p 17 dan 100 dan ko‘p 0,5 dan 5 dan 5 dan
ko‘p ko‘p ko‘p ko‘p