Page 59 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 59
Mis o‘simlikda asosan oksidlovchi fermentlar tarkibiga kiradi. U
o‘simlikning uglevod va oqsil almashinuvida va barglarda xlorofill hosil bo‘lishida
katta ahamiyatga ega. Uning etishmasligi barglarning xlorofill buzilishi bilan
bog‘liq bo‘lgan sarg‘ayish kuzatiladi.
Misli o‘g‘itlar sifatida asosan sulfat kislota sanoatining chiqindilari tarkibida
0,25-0,6 mis bo‘ladigan pirit quyundilarim shuningdek tarkibida 25% atrofida mis
.
bo‘ladigan mis kuporosi CuSO 4 H 2O ishlatiladi.
Molibden havo azotini tugunak bakteriyalar va erkin yashovchi bakteriyalar
tomonidan fiksatsiya qilinishida muhim ahamiyatga ega. Molibden o‘simliklarda
azot almashinuvida, ular nitrat azotini o‘zlashtirib aminokislotalar va oqsillar
sintez qilishda katta rol o‘ynaydi.
Molibdenli o‘g‘it sifatida tarkibida 50% atrofida molibden bo‘lgan ammoniy
molibdat, 35% li texnik ammoniy –natriy molibdat, tarkibida 0,1-0,2% molibden
bo‘lgan molibdenli superfosfatlar ishlatiladi.
Marganets o‘simlikning ammoniy va nitrat azotini o‘zlashtirish jarayonida
muhim rol o‘ynaydi. Marganets yetishmaganida nitrat azoti qaytarilmaydi va
o‘simlikning to‘qimalarida nitratlar to‘planadi, aminokislotalar va oqsillar sintezi
buziladi.
Marganetsli o‘g‘itlar sifatida tarkibida 20% atrofida marganets bo‘lgan
marganets sulfat, tarkibida 1-2% marganets bo‘ladigan marganetslangan donador
superfosfat va boshqalar ishlatiladi.
Rux o‘simlikda turli xil funksiyalarni bajaradi. Shulardan biri o‘stirish
moddalari auksinlar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Rux yetishmaganda o‘simlikda
auksinlar hosil bo‘lishi buziladi, bu esa ularning o‘sishi sekinlashuviga sabab
bo‘ladi. Rux juda yetishmaganida xlorofill hosil bo‘lishi buziladi va barglarda
sariq dog‘lar paydo bo‘ladi.
.
Ruxli o‘g‘it sifatida tarkibida 21-28% Zn bo‘lgan rux sulfat (ZnSO 4 7H 2O)
va sanoat chiqindilari, tarkibida 2-7% Zn bo‘lgan shlamlar ishlatiladi.
3.O‘simliklar hosil etishtirish uchun 1 ga yerdan 20 da 250 gr bo‘r iste’mol
qiladi. Bo‘z tuproqlarda o‘zlashtiriladigan bo‘r miqdori 0,4-5,0 mg/kg miqdorda
bo‘ladi. Tuproq tarkibida bo‘r tanqisligining quyi chegarasi 0,45-2 mg/kg dan past
bo‘lganda bo‘rli o‘g‘itlar qo‘llash lozim.
Tarkibida suvda eriydigan shakldagi bo‘r bo‘lgan o‘g‘itlar-bornodatolit uni
(2% B) va bor-magniyli o‘g‘it (2-3% B) ekishga qadar 1 ga erga 0,5-1,5 kg bo‘r
to‘g‘ri keladigan miqdorda, ekish vaqtida yarim dozada va oziqlantirish maqsadida
1 ga erga 200-300 gr bo‘r to‘g‘ri keladigan qilib solinadi.
Oddiy va qo‘sh borli superfosfatni (0,2% B) chigit ekish vaqtida qatorlarga
solish uchun foydalangan ma’qul. Bo‘rning sof tuzi-bura (11% B) va borat kislota
(17% B) kichik miqdorlarda chigitni ekishdan oldin ishlov berish uchun,
shuningdek ildizdan tashqari oziqlantirish uchun 100-200 g borat kislota yoki 200-
300 g bura ishlatiladi. Chigitga ekishdan oldin ishlov berishda ular borat
kislotaning ozroq miqdordagi (1 s urug‘ga 8-10l) 0,01-0,03% li eritmasi bilan
namlanadi.
Agar tuproqda molibdenning harakatchan shakllari 0,15-1,2 mg/kg dan kam
bo‘lsa o‘simlik molibdenga ehtiyoj sezadi.