Page 63 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 63

paxta  miqdori  kamayadi.  O’suv  davrida  g’o’zalar  necha  marta  qo’shimcha
                  oziqlantirilishi va har qancha oziqlantirishda qanchadan o’g’it berish meyori azotli
                  o’g’itning  yillik  meyoriga,  chigit  ekishga  qadar  necha  kg  solinganligiga  va
                  o’simlikning holatiga qarab belgilanadi.
                        Fosforli o’g’itlarning asosiy (yillik meyorining 70%) qismi kuzgi shudgorlash
                  vaqtida solinadi. O’g’itlarning ko’milish chuqurligi o’g’itlarning samaradorligida
                  katta  ahamiyatga  ega.  Bo’z  tuproq  va  o’tloqi  tuproqlarda  fosfor  qiyin  eriydigan
                  kalsiy  fosfat  hosil  qilish  bilan  kimyoviy  jihatdan  intensiv  bog’liq  va  kam
                  xarakatchan bo’ladi. Chigit unib chiqqandan keyingi dastlabki ikki xaftada g’o’za
                  ildizi  40-50  sm  chuqurlikka  taraladi,  fosforli  o’g’itni  birmuncha  ko’p  talab
                  qiladigan davrda esa  (gullashdan to hosil to’plashgacha bo’lgan davrda) tuproqning
                  10  sm  qalinlikdagi  ustki  qatlamida  yon  ildizchalar  nobud  bo’ladi  va  asosiy  faol
                  ildizlar tuproqning chuqur qatlamiga joylashadi. Fosforli o’g’itning qolgan 30% ini
                  gullashda g’o’zadan 30 sm chetga 17 sm chuqurlikka solish yaxshi samara beradi.
                  Chigit ekiladigan yerlarni kuzgi shudgorlash vaqtida asosiy fosforli o’g’itni lenta
                  shaklida shudgor egat tubiga solinsa, u paxta hosilini oshirishga sezilarli darajada
                  ta’sir ko’rsatadi. G’o’za o’stirishda ekinni qatorlab o’g’itlash muhim ahamiyatga
                  ega. Chigit ekish vaqtida gektariga 10-20 kg hisobida P 2O 5 ni 5-10 kg azot bilan
                  aralashtirib berish paxta hosilini  gektariga 2-3 s ga oshiradi.
                        Kaliyli  o’g’itlarning  yillik  meyori  cheklangan  bo’lsa,  o’simlikni  shonalash
                  davri beriladi, yillik meyor katta bo’lsa kaliyning yarmi kuzgi shudgorlash vaqtida
                  solingan  ma’qul. G’o’za  qator  oralarini  ishlash  vaqtida  qo’shimcha  oziq  sifatida
                  beriladigan o’g’itni iloji boricha chuqurroq solish kerak.
                        G’o’za - beda alamashlab ekishda (2-3 yil beda va 5-7 yil g’o’za) bedapoya
                  haydalgandan  keyin  birinchi  yili  chigit  ekiladigan  yerlarni  kuzgi  shudgorlashda
                  fosforli va kaliyli o’g’itlarning oshirilgan meyori bilan o’g’itlash tavsiya qilinadi.

                  Chunki beda tuproqda ko’p miqdorda azot to’plash xususiyatiga ega, shunga ko’ra
                  bedapoya  o’rniga  birinchi  va  ikkinchi  yili  ekiladigan  ekinga  beriladigan  azotli
                  o’g’it  meyori  kamaytiriladi.  Alamashlab  ekishda  g’o’za  buzilgan  bedapoyadan
                  uzoqlashgan sari unga beriladigan azot meyori oshib boradi, fosfor va kaliyning
                  meyori  aksincha  bir  muncha  kamayadi.  Paxtakor  xo’jaliklarda  go’ng  to’plash
                  masalasi cheklanganligi tufayli chigit ekiladigan yerlar gektariga 10-15 t meyorda
                  go’ng  bilan  o’g’itlanadi.  Go’ng  odatda  bedapoya  haydalgandan  4-5  yil  o’tgach
                  solinadi.
                        Oziqlantirish  uchun  beriladigan  mineral  o’g’itlar  yoki  ularning  organik
                  o’g’itlar bilan aralashmasi, odatda egat olish bilan bir vaqtda beriladi. Dastlabki 2
                  marta  o’g’itlashda  kultivatorga  4  ta  soshnik,  2  tasi  asosiy  qatorlarga  (birinchisi
                  o’ng,  ikkinchisi  chap  qator  boylab),  qolgan  2  tasi  tutash  yon  qatorlarga  o’g’it
                  soladigan  qilib  o’rnatiladi.  Bunda  kultivator  –o’g’itlagichgabegona  o’tlarni
                  yo’qotish uchun ham ish organlari o’rnatilsa, agregat bir yo’la 3 ta egat olish, o’g’it
                  solish  va  begona  o’tlarni  yo’qotish  vazifasini  bajaradi.  Kultivatorga  hammasi
                  bo’lib  5  ta  egat  olgich:  buning  3  tasi  asosiy  qatorlardan,  qolgan  2  tasi  esa  yon
                  tutash  qatorlardan  o’tadigan  qilib  o’rnatiladi.    Agregatning  okuchniklari  yon
                  egatlardan 2 martadan o’tgani uchun o’g’it normasi 2 marta kam tushadigan qilib
                  sozlanadi, shunda asosiy qatorlarga tushayotgan o’g’it normasi bilan tenglashadi.
   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67   68