Page 58 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 58
darajada ta’minlangan hollardagina o‘zini oqlashi mumkin. Hozirgi davrda o‘g‘it
meyorlarini belgilashning bir nechta usuli mavjud.
Respublikamizdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan o‘tkazilgan dala
tajribalari natijalarini umumlashtirish asosida turli ekinlar uchun umumlashtirilgan
o‘g‘it meyorlari ishlab chiqilga
Nazorat savollari.
1.O’g’it qo’llashning qanday usullari, muddatlari va turlarini bilasis?
2.O’g’itning miqdori va meyori deganda nimani tushunasiz?
3.O’g’itlarni tuproqning turli tuproqlariga solishning qanday afzalliklari bor?
11-Mavzu: PAXTACHILIKDA MICROELEMENTLARDAN
FOYDALANISH
Reja:
1.Mikroo‘g‘itlarni dehqonchilikdagi ahamiyati.
2. Mikroo‘g‘itlarni turlari va olinishi.
3.Mikroo‘g‘itlarni qo‘llash muddatlari, miqdori va usullari.
1.Mikroo‘g‘itlarning g‘o‘za uchun ahamiyati shundaki, ular moddalar
almashinuvidagi ko‘pchilik muhim jarayonlarda ishtirok etadi, ularning ko‘pchiligi
(Mg, Cu, Mo, Zn, Co) biokimyoviy reaksiyalarni jadallovchi turli xil fermentlar
tarkibiga kiradi, ba’zilari esa (Mn, Cu, Te) o‘simlik hujayralarida oksidlanish-
qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi.
Mikroo‘g‘itlar qishloq xo‘jaligida faqatgina o‘g‘it sifatida emas balki,
pestitsidlar sifatida ham foydalaniladi. U yoki bu mikroo‘g‘itning etishmasligidan
o‘simlikda turli xil kasalliklar paydo bo‘ladi. Misol uchun lavlagida o‘zak chirish
kasalligi, bo‘r mikroo‘g‘itini etishmasligidan kelib chiqadi. Zig‘irda bakterioz,
kartoshkada esa “parsha” kasalligi bo‘r oziqasini etishmasligi natijasida rivojlanib
hosildorlikka katta ziyon etkazadi. Rux moddasi juda yetishmaganda xlorofill hosil
bo‘lishi buziladi, shuning uchun barglarda sariq dog‘lanish kasalligi paydo bo‘ladi.
Odatda mikroo‘g‘itlar tuproqqa juda ham kam miqdorda bir necha yuz
grammdan bir necha kg/ga hisobidan solinadi. Bunday kam miqdordagi o‘g‘itni 1
ga maydonga tekis taqsimlab bo‘lmaydi. Shuni hisobga olib mikroo‘g‘itlar asosan
chigitni namlashda qo‘shib namlanadi. Hozirgi vaqtda Olmaliqdagi “Ammafos”
ishlab chiqarish birlashmasida ammofosning mis, rux, temir va boshqa
mikroo‘g‘itlar qo‘shilgan turlari ishlab chiqarilayapti.
2.Bo‘r. Bu element yetishmasa gullar soni kamayadi, shona va gullar
to‘kiladi. Bo‘r guldagi chang naychalarining o‘sishi va hayot faoliyatini
kuchaytiradi, urug‘ va mevalarni pishib etilishini jadallashtiradi. O‘simliklarni
qurg‘oqchilikka bardoshini oshiradi. Bu mikroo‘g‘it o‘simliklarda kaliy va azotni
jadal o‘zlashtirilishiga yordam bergan holda, fosforning yutilishiga qarshilik qiladi.
Tuproq tarkibida bo‘r miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa o‘simliklarda zaharlanish
alomatlari paydo bo‘ladi: poyaning pastki qismidagi barglar sarg‘ayadi, “kuyadi”
to‘kiladi.
Bo‘rli mikroo‘g‘itlar jumlasiga bo‘rat kislota-17,3% B, bo‘r-magniyli o‘g‘it-
2,27% B, bo‘rli superfosfat-0,2% B lar kiradi.