Page 21 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 21

holda  har  bir  oʻzgargan  joydan  chuqur  qaziladi.  Relefi    murakkab    va    har    xil

                 boʻlgan    joydan    (daryo    vodiylari,    tepalik,    qir,  doʻng  va  hokazo)  chuqur
                 qaziladigan yer shu joyga taluqli boʻlishi shart. Agar yer tekislik  boʻlsa,  bir-biriga
                 21enetic21  holda  chuqurchalar  belgilanadi.  Umuman  joy  murakkabligiga koʻra

                 1-165  ga  yerdan  1  ta  chuqur  qaziladi.Joyni  kategoriyaga  ajratish.Ma’lumki,  tekis
                 joylar  yer  yuzida    juda  kam  uchraydi.  Dala    tekshirish  ishlari  olib  borilganda
                 notekisliklarga  –  balandlik,  nishab,  tepa,  pastlik,  past  balandlik    kabi    relef

                 formalariga  duch  kelamiz va shunga koʻra tuproqlar xam oʻzgarib borganliging.
                 Guvohi  boʻlamiz.Binobarin,  joyning  tashqi    koʻrinishiga  koʻra  kategoriyalarga
                 boʻlib  oʻrganilsa,  tuproqqa  toʻgʻri  baho  berilgan  boʻladi.  Hozirgi  vaqtda,  joyning
                 oʻzgarishiga koʻra 5  kategoriyaga boʻlib oʻrganamiz.

                 1  –  kategoriya  –  choʻl  rayonlarning  tekislik  yoki  uncha  baland    boʻlmagan
                 tekisliklari kirib, bu yerlarda bir xil tipdagi tuproqlar boʻladi, tuproq komplesi 5%
                 dan  oshmaydi.

                 2-kategoriya-choʻl    rayonlari,    keng    daryo    atroflari,    jarliklar,    jar    bagʻridagi
                 tekisliklar  kiradi.  Bunday  joydarga  bir  tipdagi  tuproqlar  joylashgan  boʻlib,
                 tuproq  kompleksi  15%  ni  tashkil  etadi.  Bunda  1-kategoriyali  joy  10-25%  ni

                 egallaydi.
                 3-kategoriya-bu rayonga kuchli, bir-biridan ajralgan relefli joy taluqli boʻlib, tuproq
                 hosil  qiluvchi  ona  jinslar  turli  xildir  (bunga  koʻproq  oʻrmon  zonasi talluqlidir).

                 Bu  rayon  birinchi  kategoriya  tuproq  kompleksi  bilan  30-40%  ni    tashkil    etadi.
                 Bunda 1 – 2 kategoriyali joylar oʻrmon bilan band  boʻladi.
                 4-kategoriya-bunga  togʻ      oldi  rayonlari,  daryo  boʻylari,  sohillari  kiradi,  ular

                 murakkab  tuproqlardir.  Bunda  tuproq  kompleksi  45  -            60%  ni  tashkil  etadi,
                 shuningdek, 3-kategoriyali yerlar oʻrmon bilan qoplangan.
                 5-kategoriya-tundra,    botqoqliklar,    sahrolar,    togʻ        rayonlari.    Bundagi    4

                 kategoriyali joylar oʻrmon bilan qoplangan.
















                                                               21
   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26