Page 20 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 20
Botqoqlanish holati _____________________________________________
Tuproq ona jinsi, joylanish chuqurligi _____________________________
Tuproq tipi va xili ______________________________________________
Olingan namunalar chuqurligi (sm) _______________________________
Chuqurning umumiy taʼrifi (Qatlam qalinligi, tuzilishi, tusi, strukturasi,
mexanikaviy tarkibi, namligi, qovushmasi, yangi yaralma, tuproq qoʻshilmasi va
boshqalar): __________________________________________________________
Tuproq chuquriga izoh yozish
1.Tekshirilmoqchi boʻlgan joy bilan tanishish. 2.Tekshirish marshruti va tuproq
chuquri soni. 3. Joyni kategoriyaga ajratish. 4. Tuproq chuquri va unga joy tanlash.
5.Chuqur qazish texnikasi.
Tekshirilmoqchi boʻlgan yerni oʻrganish uchun shu joydagi tuproq tiplari va
tipchalari bilan tanishib chiqiladi. Shuningdek, joyning ona jinsi, relefi, oʻsimligi,
gidrogeologiyasi,sharoiti va uning tuproq xosil boʻlishiga ta’sirini, shu bilan birga
tuproqlarning tip va tipchalari aniq chegaralarini aniqlash, tuproq dala xaritasini
chizish, kameral ishlarga ma’lumotlar yigʻish ishlari bajariladi.
TuprogʻI oʻrganiladigan joyning oʻzida ishga tushishdan oldin, xoʻjalikning
yoʻnalishi, mavjud almashlab ekish bilan tanishiladi, asosiy ekinlar turi va hosili,
shuningdek chorvachilik va chorva uchun oziq bazalari, qanday agrotexnika
tadbirlari qoʻllanilayotgani va qoʻllaniladigan maxalliy oʻgʻitlar (torf, goʻng, inson,
parranda va ipak qurt chiqindilari va hokazolar), soʻngra tekshirilishi lozim boʻlgan
yer tekshiriladi. Bundan tashqari, dalani koʻzdan kechirish vaqtida tuproqning tipi
va tipchalarini ajratish maqsadida 1-2 ta chuqur va chuqurchalar qazib
koʻriladi.
Tuproqni bunday tekshirishdan maqsad shuki, qoʻllanilayotgan
agrotexnika tadbirlari va tuproq hosil qiluvchi faktorlarni, shuningdek,
insonning tuproqqa boʻlayotgan ta’sirini tubdan oʻrganishdir. Tuproqni koʻzdan
kechirib boʻlgach, toʻplangan ma’lumot asosi da plan tuziladi. Soʻngra asosiy ishga
kirishiladi. Tuproqni dalada tekshirish ishi chuqur qazishdan boshlanadi.
Chuqur qazishdan oldin, tuproqni tip va tipchalarga ajratish uchun marshrut boʻylab
dalani aylanib chiqiladi. Ma’lumki, tuproqning oʻzgarishi shu joyning oʻsimligiga,
ayniqsa, relefiga bogʻliq. Shuning uchun dalaga chiqmasdan oldin topografik
asosni gorizontlariga tekshirish marshruti va chuqur qazish joyi taxminan
belgilab qoʻyiladi.Tuproq chuquri joyning relefiga koʻra aniqlanadi, agar oʻsimligi,
tuproq ona jinsi (eroziya tufayli) va qishloq xoʻjalik-tarmogʻI oʻzgarib qolsa, u
20