Page 15 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 15
9-rasm. Tuproqning yangi yaralmasi.
3-AMALIY MASHGʻULOT
TUPROQDAN NAMUNA OLISH TEXNIKASI. (MONOLIT,ARALASH
NAMUNA VA MIKROBIOLOGIK ANALIZLAR UCHUN)
Tuproqni tabiiy sharoitda tekshirish shu territoriyaning iqlimi, relefi, sizot
suvlari va uning shoʻrlanishi hamda tuproq qatlamlarining morfologik (tashqi
koʻrinishi) belgilarini toʻgʻri aniqlashni, tuproq ona jinsi xususiyatini oʻrganishni
talab etadi. Tuproqning qaysi tip va xilga mansubligini aniqlashda qatlamlarning
morfologik belgilarini oʻrganish ayniqsa katta ahamiyatga ega. Shuning uchun
xam tuproqning tashqi belgilarini oʻrganish uning paydo boʻlishidagi
15enetic15, fizik, kimyoviy, fizik – kimyoviy, biokimyoviy jarayonlarni va
unumdorlik darajasini aniqlashga yordam beradi. Tuproqning tuzilishini, ya’ni
morfologik belgilarini dalada, tabiiy sharoitda oʻrganish zarurligini va bunga oid
uslubni birinchi marta V.V.Dokuchaev taklif etgan xamda ishlab chiqqan.
Shuningdek, tekshirilayotgan teritoriya tuprogʻiga insonning ta’sir darajasi xarakteri
(ishlash, sugʻorish, oʻgʻitlash, tekislash va boshqalar) xam toʻliq va puxta
oʻrganilgan boʻlishi lozim. Bulardan tashqari, ayrim tip va boshqa xildagi
tuproqlar tarqalgan xududdagi sugʻorish bilan bogʻliq xususiyatlari xamda
eroziya jarayoniga doir materiallar xam oʻrganilgan boʻlishi kerak. Tuproqni dalada
tekshirish vaqtida toʻplangan material qancha toʻliq boʻlsa, tuziladigan tuproq
kartasi shuncha aniq va yozilgan ocherklar xam ma’lumotlarga boy boʻladi.
Tuproqni tekshirishga oid materiallardan ichki xoʻjalik yer tuzish ishlarida
almashlab ekiladigan maydonlarni toʻgʻri belgilash uchun, shuningdek ekin
maydonlarining transformastiyasi yoki ulardan foydalanishni oʻzgartirish uchun
qoʻllaniladi. Xoʻjalik tuproqlarini tekshirish ishlari yer tuzish ishlaridan oldin
oʻtkazilishi kerak. Tuproq xaritalari va kartogrammalaridan ishlov berish va
oʻgʻitlash sistemalarini, tuproqlarni meliorastiyalash hamda bonitirovkalash
turlarini aniqlashda foydalaniladi. Tuproqni dalada tekshirish ishi, asosan,
tekshirilmoqchi boʻlgan joyning tabiiy sharoiti va tuprogʻI haqidagi
adabiyotlarni toʻla oʻrganib chiqishdan iborat. Shuningdek, shu joyning
topografik asosi, plani, va tuproqlarning sxematik roʻyxati oʻrganib chiqiladi.
Tuproqni dalada tekshirish uchun quyidagilarni tayyorlash kerak: topografik asos,
dala kundalik daftari, tuproq ayirmasi, chuqurni yozish uchun maxsus daftar,
rangli va oddiy (qora) qalam, oʻchirgʻich, namuna olish uchun qop yoki
qogʻoz, kanop yoki yoʻgʻon ip, ruletka yoki poʻlat metr, oʻtkir belkurak, oʻtkir
qalin pichoq, charm yoki brezent sumka, ryukzak yoki qop, kompas, bloknot,
15