Page 10 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 10

g) donador struktura-yongʻoqsimon strukturaning aynan oʻzi, ammo agregatlarning

                 kattaligi  5-0,56  mm  ni  tashkil  etadi.  Donador  struktura  yirik  donador,  donador,
                 mayda donador yoki poroxsimon strukturalarga boʻlinadi.
                 d)  prizmasimon  struktura  tipi  vertikal  oʻq  boʻyicha  uzunchoq  boʻlgan,  ikkita

                 gorizontal  oʻq  boʻyicha  oʻlchamlari  esa  uncha  katta  boʻlmagan  agregatlarni  oʻz
                 ichiga oladi.
                        Ularning umumiy koʻrinishi prizma yoki ustuncha shaklida boʻladi. Shunga

                 koʻra ularning quyidagi turlari boʻladi: a) yuqori asosi dumaloq boʻlgan ustunchali
                 struktura;  b)  agregatlarning  yuqori  asosi  yassi  boʻlgan  prizmasimon  struktura.
                 Ustunchali  struktura  koʻndalang  oʻlchamiga  koʻra  yirik  ustunchali,  ustunchali  va
                 mayda ustunchali strukturalarga boʻlinadi. Prizmatik struktura ham shu kabi turlarga

                 ajratiladi.
                        Plitasimon struktura tipi uchun gorizontal oʻqlar boʻyicha kuchli rivojlangan,
                 vertikal oʻq boʻyicha esa kalta boʻlgan agregatlar xosdir. Ularning umumiy shakli

                 yassi boʻladi. Qatlamli plastinkalarning qalinligiga koʻra qoʻyidagi turlari boʻladi: a)
                 slanestsimon  struktura-plastinkalarning  qalinligi  5  mm  dan  ziyod;  b)  yassi
                 plitasimon  struktura-plastinkalarning  qalinligi  3-5  mm;  v)  taxtasimon  struktura  –

                 plastinkalarning qalinligi 1 mm dan yupqa; g) tangachasimon struktura – agregatlar
                 yassi plitasimon va taxtasimon plitalardan kichik boʻladi.
                       Strukturaning turini toʻgʻri aniqlash katta ahamiyatga ega, chunki tuproqlarning

                 turli  tiplariga  va  har  qaysi  genetik  qatlamiga  tuproq  strukturalarining  muayyan
                 tiplari toʻgʻri keladi. Masalan, gumusli qatlamlar uchun donador, uvoqli donador,
                 kukunli-donador  struktura;  elyuvial  qatlamlar  uchun  esa  ustunli,  prizmatik,

                 yongʻoqsimon  (gʻoʻrasha), palaxsali kabi strukturalar xosdir.
                        Tuproq  strukturasining  turini  chuqur  kavlayotganda  chiqarib  tashlangan
                 sochilib  turuvchi  tuproqqa  qarab  aniqlash  mumkin.  Bu  usuldan  tashqari,  tuproq

                 qatlamidan pichoq bilan ozgina tuproq kesib olib va uni kaftda yoyib, agregatning
                 shakliga  qarab  ham  tuproq  strukturasining  turini  aniqlasa  boʻladi.  Tuproq
                 qatlamlarida koʻpincha strukturaning har xil turlarini uchratish mumkin. Bu holda
                 strukturaga  ikki-uchta  soʻz  bilan  ta’rif  berishga  va  oxirgi  soʻz  bilan  koʻproq

                 uchraydigan alomatlarni ta’kidlashga toʻgʻri keladi. Masalan, agar qatlamda uvoqlar
                 koʻproq  boʻlsayu,  palaxsalar  ham  uchrasa,  bunday  struktura  palaxsali-uvoqli
                 struktura  deb  ataladi.  Qatlamlarda  agregatlardan  tashqari,  agregatlarga  yopishib

                 bogʻlanmagan  zarralar  ham  boʻladi.  Bunday  tuproqlar  strukturasiz  tuproqlar  deb
                 yuritiladi. Qumli tuproqlar strukturasiz tuproqlarga yaqqol misol boʻla oladi.












                                                               10
   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15