Page 9 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 9

3-rasm. Tuproqning tusi.

                 Tuproq strukturasi. Tuproqning donadorligi deganda uning tabiiy ravishda struktura
                 boʻlaklari va agregatlariga ajralib ketish xususiyati tushuniladi; struktura boʻlaklari

                 va  agregatlar  odatda  gumus  va  tuproqdagi  mayda  mexanik  zarralarining  oʻzaro
                 birikshidan hosil boʻladi.
                        Struktura  tuproqning  muhim  va  oʻziga  xos  alomati  boʻlib,  uning  genetik

                 hamda agroishlab chiqarish xarakteristkasini aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
                        Tuproqlar  strukturasinig  morfologik  tiplari  S.A.Zaxarov  tomonidan  yaxshi
                 ishlab  chiqilgan.  Har  bir  tuproq  va  uning  genetik  qatlami  uchun  tuproqlar

                 strukturasining  ma’lum  tipi  toʻgʻri  keladi.  Tuproq  agregatlarining  shakliga  qarab
                 strukturaning uch xil tipini ajratib koʻrsatish qabul qilingan; kubsimon, prizmasimon
                 va plitasimon strukturalar.

                        Kubsimon  struktura  tipiga  oʻlchamlari       uchala  oʻq  (gorizontal  va  vertikal)
                 boʻylab  taxminan  bir  xil  boʻlgan  agregatlar  kiradi.  Bunday  agregatlar  koʻp  yoqli
                 dumaloq  shaklda  boʻladi.  Shakli  va  katta-kichikligiga                koʻra,  kubsimon
                 strukturaning quyidagi tiplari mavjud:

                 a)  palaxsali struktura – burchaklari, qirralari va yoqlari yaqqol ifodalanmagan, 5 sm
                 dan katta boʻlgan agregatlar:

                 b) uvoqchali struktura-yuqoridagidek, ammo oʻlchami 5 dan 0,5 sm gacha boʻlgan
                 agregatlar. Mayda-yirikligiga koʻra ular oʻz navbatida yirik uvoqchali, uvoqchali va
                 mayda uvoqchali agregatlarga boʻlinadi;
                 v)  yongʻoqsimon  (gʻoʻrasha)  struktura-burchaklari,  qirralari  va  yoqlari  yaqqol

                 ifodalangan, 20-5 mm kattalikdagi agregatlar. Ular yirik yongʻoqsimon va mayda
                 yongʻoqsimon agregatlarga ajratiladi.





                                                                9
   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14