Page 14 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 14

Tuproq  qoʻshilmasi.  Tuproq  paydo  boʻlish  jarayoniga  hech  qanday  aloqasi

                 boʻlmagan, keyinchalik      sirtdan qoʻshlib qolgan, togʻ jinsi parchasi hamda organik
                 qoldiqlar singari moddalar tuproq qoʻshilmasi deyiladi.
                        Hayvonlarning  suyagi,  oʻsimliklarning  qoldigʻi  kabilar  biologik  qoʻshilma

                 hisoblanadi. Tosh, shagʻal kabilar esa mineral qoʻshilma boʻladi. Bulardan tashqari,
                 uy-roʻzgʻor  asboblarining  siniqlari  (sopol,  chinni,  oyna  va  metall)  arxeologik
                 qoʻshilma deyiladi. Bu qoʻshilmalarni oʻrganish tuproqning yoshini va insonlarning

                 tuproqqa qay darajada ta’sir qilganliklarini aniqlashga imkon beradi.
















                                                8-rasm.Tuproq qoʻshilmasi.
                        Tuproqning  yangi  yaralmasi.  Tuproq  paydo  boʻlish  jarayonida  vujudga
                 kelgan,  shakli  va  tarkibi  har  xil  boʻlgan  turli  holatdagi  birikmalar  yangi  yaralma

                 deyiladi.  Yangi  yaralma  paydo  boʻlishi  jihatidan  kimyoviy  va  biologik  boʻladi.
                 Tuproq qatlamida toʻplanib qolgan kaltsiy xlorid (CaCl 2), magniy sulfat (MgSO 4),
                 gips  (CaSO 4  *2H 2O),  ohak  (CaCO 3)  singari  tuzlar  shuningdek,  temir,  kremniy

                 oksidlari FeO, SiO birikmalari kimyoviy yangi yaralma deyiladi.
                        Tuproq yangi yaralmasi uning paydo boʻlishida katta ahamiyatga ega boʻlib,
                 tuproqdagi  jonivorlarning  (umurtqali  va  umurtqasiz)  hayot  kechirishi  va  oʻsimlik

                 (koʻp yillik va bir yillik) ildizlarining rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan qoldiqlar,
                 shuningdek,  ayrim  jonivorlar  organizmi  orqali  chiqarilgan  moddalar  biologik
                 yaralma deyiladi, masalan: kaprolitlar-chuvalchang chiqindilari.
                 Tuproq qatlamlaridagi har qaysi yangi yaralmalarning turi va xarakterini oʻrganish

                 bilan  tuproqning  paydo  boʻlishi  va  ayrim  qatlamlardagi  kimyoviy  va  biologik
                 jarayonlarni aniqlash mumkin.






















                                                               14
   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19