Page 12 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 12

suv  zahiralarini,  sugʻorish  muddatlarini  aniqlash,  tuproqqa  ishlov  berish  va

                 boshqalar uchun aniqlanadi.
                        Tuproqning  bu  belgilarini  oʻrganishda  har  qaysi  qatlamning  namligini
                 oʻrganish ham katta ahamiyatga ega, chunki tuproqning ba’zi belgilari uning namlik

                 darajasiga  qarab  oʻzgaradi.  Morfologik  belgilariga  koʻra  tuproqlarning  namlik
                 darajasi, hoʻl, nam, nimxush va quruq boʻladi.
                        Qatlam orasidan suv tomchilari sizib tursa hoʻl tuproq, zarra orligʻi suv  bilan

                 toʻyingan boʻlsa nam tuproq, zarralar toʻzimasdan bir-biriga yopishib tursa, nimxush
                 tuproq  va  zarralar  toʻzigan  holda  boʻlsa,  quruq  tuproq  deyiladi.  Lekin  tabiatda
                 absolyut  quruq  tuproq  boʻlmaydi.  Tuproqning  namlik  darajasiga  koʻra  oʻziga  xos
                 agrotexnika tadbirlari qoʻllaniladi.




















                                                5-rasm Tuproqning namligi.

                        Tuproqning mexanik tarkibini aniqlash dala sharoitida taxminiy tarzda boʻlib,
                 keyinchalik laboratoriyada analiz qilish yoʻli bilan tekshirib koʻriladi. Tuproqning

                 mexanik  tarkibi  dala  sharoitida  quruq  va  nam  holida  aniqlanadi.  Nam  hoatda
                 aniqlash  uchun  tuproq  namunasiga  uni  xamirsimon  va  eng  plastik  holatga
                 keltiradigan miqdorda suv qoʻshiladi. Xlorid kislota ta’sirida vijillab qaynaydigan

                 karbonatli tuproqlarga suv emas, balki NaCI  ning 10% li eritmasi qoʻshiladi.
                        Tuproqlar mexanik tarkibi ayrim turlarining alomatlarini hoʻl loy qilib koʻrish
                 usulini qarab chiqamiz.

                        Qum  quruq  holatda  sochiluvchan  boʻladi,  agregatlar  hosil  qilmaydi.  Loy
                 qilingan tuproq namunasini dumaloqlab boʻlmaydi.
                        Qumloq  tuproq  quruq  holatda  barmoqlar  bilan  bosilganda  osongina

                 parchalanadigan  palaxsa  va  kesaklar  hosil  qiladi.  Loy  qilingan  qumloq  tuproq
                 namunasini dumaloqlash mumkin, ammo ip qilib eshib boʻlmaydi.
                        Engil  qumoq  tuproqlar  quruq  holatida  dumaloq  shakldagi  kesaklar  hosil
                 qiladi,  barmoq  bilan  kuchsiz  ezganda  ham  bu  kesaklar  maydalanib  ketadi.  Loy

                 namunasini  dumaloqlash,  yoʻgʻonligi  taxminan  3  mm  li  chilvirga  aylantirish
                 mumkin. Chilvirni halqa qilib bukmoqchi boʻlsak, u qismlarga boʻlinib ketadi.



                                                               12
   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17