Page 11 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 11
4-rasm.Tuproq strukturasi.
Tuproq qovushmasi. Tuproqning va alohida qatlamlarining qovushmasi
deganda ularning kovakligi va zichligining tashqi ifodasini tushunmoq lozim. Bunda
koʻpincha boʻlakchalar zichligi e’tiborga olinadi.
Tuproq zichligi. Tuproqning zichligi zichli-oʻlchagich deb ataluvchi asboblar-
plotnometr bilan oʻlchanadi. Dalada tuproq chuqurini morfologik ta’riflashda
tuproqning zichligi quyidagi koʻrsatkichlarga asoslangan holda koʻz bilan chamalab
aniqlanadi.
Juda zich qovushma. Bunday tuzilishdagi tuproqni belkurak bilan kavlab
boʻlmaydi, bu maqsadda lom va kirkadan foydalanishga toʻgʻri keladi. Shoʻrtoblar
va shoʻrtob tuproqlarning illyuvial qatlamlari ana shunday zichlangan boʻladi.
Zich qovushma. Mazkur qovushmali tuproqni katta kuch ishlatib belkurak
bilan kavlash mumkin, lom va kirkadan foydalanmasa ham boʻladi. Soz va qumoq
tuproqlar illyuvial qatlamlari uchun xarakterli.
Gʻovak qovushma. Kavlashda belkurak tuproqqa osonlik bilan kiradi,
itqitilganda tuproq alohida zarralar yoki struktura boʻlaklariga boʻlinib ketadi.
Bunday tuzilish qumoq va soz hamda qumli, qumloq tuproqlarning ustki strukturali
qatlamlariga xosdir. Gʻovak qovushma yaqinda etilgan paytda sifatli qilib va ishlov
berilgan tuproqlarning haydalma qatlamida koʻproq uchraydi.
Sochiluvchan qovushma. Tuproq sochiluvchan boʻlib, mexanik zarralari
birikmagan boʻladi. Qumli tuproqlar ana shunday tuzilishga ega.
Agregatlar ichidagi kovaklarning xarakteriga koʻra gʻovakdor qovushma
(tuproqda 3 mm dan kichik diametrli teshiklar boʻladi), gʻalvirak qovushma
(tuproqda 3-5 mm li boʻshliqlar boʻladi), teshik –teshikli gʻovak qovushma
(boʻshliqlar diametri 5-10 mm ni tashkil etadi), kovakli qovushma (boʻshliqlar
diametri 10 mm dan ortadi) boʻladi.
Agar kovaklar struktura boʻlaklari orasida joylashgan boʻlsa, bunday tuzilish
darzli tuzilish deb ataladi.
Tuproqning namligi. Tuproqning namligi absolyut quruq tuproq massasi yoki
hajmiga nisbatan foiz bilan ifodalangan suv miqdoridir, Tuproqning namligi undagi
11