Page 6 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 6

TUPROQNING MORFOLOGIK BELGILARINI OʻRGANISH.


                        Ma’lumki, tekis joylar yer yuzida juda kam uchraydi. Dala tekshirish

                 ishlari olib borilganda notekisliklarga-balandlik, nishab, tepa, pastlik, past-
                 balandlik  kabi  relef  formalariga  duch  kelamiz va shunga koʻra tuproqlar xam
                 oʻzgarib  borganligining.  Guvohi  boʻlamiz.Binobarin,  joyning  tashqi  koʻrinishiga

                 koʻra  kategoriyalarga  boʻlib  oʻrganilsa,  tuproqqa  toʻgʻri  baho  berilgan  boʻladi.
                 Hozirgi vaqtda, joyning oʻzgarishiga koʻra 5 kategoriyaga boʻlib oʻrganamiz.
                        1-kategoriya-choʻl  rayonlarning  tekislik  yoki  uncha  baland

                 boʻlmagan  tekisliklari  kirib,  bu  yerlarda  bir  xil  tipdagi  tuproqlar  boʻladi,  tuproq
                 komplesi 5% dan oshmaydi.
                       2-kategoriya-choʻl  rayonlari,  keng  daryo  atroflari,  jarliklar,  jar bagʻridagi

                 tekisliklar kiradi. Bunday joydarga bir tipdagi tuproqlar joylashgan boʻlib, tuproq
                 kompleksi 15% ni tashkil etadi. Bunda 1-kategoriyali joy 10-25% ni  egallaydi.
                        3-kategoriya-bu  rayonga  kuchli,  bir-biridan  ajralgan  relefli  joy  taluqli

                 boʻlib, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar turli xildir (bunga koʻproq oʻrmon zonasi
                 taluqlidir).Bu rayon birinchi kategoriya tuproq kompleksi bilan 30-40% ni tashkil
                 etadi. Bunda 1-2 kategoriyali joylar oʻrmon bilan band boʻladi.

                        4-kategoriya-bunga  togʻ  oldi  rayonlari,  daryo  boʻylari,  sohillari  kiradi,  ular
                 murakkab  tuproqlardir.  Bunda  tuproq  kompleksi  45  –  60%  ni  tashkil  etadi,
                 shuningdek, 3-kategoriyali yerlar oʻrmon bilan qoplangan.

                       5-kategoriya-tundra,  botqoqliklar,  sahrolar,  togʻ  rayonlari.  Bundagi  4-
                 kategoriyali joylar oʻrmon bilan qoplangan.

                          Qazilgan  tuproq  chuquri  va  ayrim  qatlamlarining  morfologik  belgilarini
                 yozishdan  oldin  tekshirilayotgan  territoriyaning  (respublika,  viloyat,  tuman,  fermer
                 xoʻjaliklar)  nomi  kundalik  daftarga  yoziladi  (daftar  namunasi  kitobning  oxirida
                 koʻrsatilgan). Shuningdek, bu joyning relefi, oʻsimliklari, sizot suvlari (chuqurligi va

                 shoʻrligi),  karbonatli,  gipsli  qatlami,  tuproq  ona  jinsi  va  boshqalar  xam  aniq
                 koʻrsatiladi.  Soʻngra  chuqurning  kunga  qaragan  tomoniga  diqqat  bilan  qarab
                 tuproqning  genetik  qatlamlari  va  ularning  qalinligi  (sm  xisobida),  tusi,  mexanik

                 tarkibi,  strukturasi,  namligi,  qovushmasi,  yangi  yaralmasi  va  qoʻshilmasi  aniqlanib
                 daftarga yoziladi. Bunday muxim morfologik belgilar quyidagicha izoxlanadi.
                        Tuproqning genetik gorizonti (qatlami). Tuproqning yuza qismidan oʻzgarmas

                 pastki  ona  jinsiga  qadar  boʻlgan  oraliqqa  uning  genetik  gorizonti  deb  aytiladi.
                 Qazilgan chuqurning tik devoridagi belgilar turli tuproq tiplarida va xillarida turlicha
                 boʻlib,  tuproqning  bir  necha  qatlamdan  tuzilganligini  koʻrsatadi.  Bu  qatlamlar

                 tuproqning genezisiga, ya’ni kelib chiqishiga bogʻliq. Tuproqning genetik qatlamini
                 V.V.Dokuchaev A-ustki, V-oʻtuvchi, C-tuproq osti kabi uch xil genetik gorizontga
                 boʻladi.


                                                                6
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11