Page 5 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 5
1-rasm.Tuproq chuquri.
Chuqurning tik devori silliq holda turishi shart, bu tomonga tuproq
tushmasligi va bosmaslik kerak aks holda tuproq zichlashib, chuqurning silliq
yuziga tushib qavatlarni bilintirmay rangini oʻzgartirib yuboradi, natijada chuqurga
izoh yozish ancha qiyinlashadi. Yon tomonlari ham tekis qilib qaziladi. Chuqurning
tuprogʻi-A qavatniki yonlamasiga, V qavatniki ikkinchi tomoniga, C qavatining
tuprogʻi esa zina tomonga tashlanadi va hokazo. Chuqurni qoʻmishda esa soʻngi
qavat tuprogʻidan boshlab chuqur tabiiy holda saqlangan koʻrinishga keltiriladi.
Bunda gumusli qavatni gumussiz qavatga aralashtirib yubormaslik kerak.Qazilgan
tuproq chuquri va ayrim qatlamlarining morfologik belgilarini yozishdan oldin
tekshirilayotgan tyeritoriyaning (respublika, viloyat, tuman, fermer xoʻjaliklar) nomi
kundalik daftarga yoziladi (daftar namunasi kitobning oxirida koʻrsatilgan).
Shuningdek, bu joyning relefi, oʻsimliklari, sizot suvlari (chuqurligi va shoʻrligi),
karbonatli, gipsli qatlami, tuproq ona jinsi va boshqalar xam aniq koʻrsatiladi.
Soʻngra chuqurning kunga qaragan tomoniga diqqat bilan qarab tuproqning genetik
qatlamlari va ularning qalinligi (sm xisobida), tusi, mexanik tarkibi, strukturasi,
namligi, qovushmasi, yangi yaralmasi va qoʻshilmasi aniqlanib daftarga yoziladi.
2-AMALIY MASHGʻULOT
5

