Page 7 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 7
Chirindili ustki qatlam (A) da organik modda, chirindi va xar xil elementlar
birikmasidan iborat mineral moddalar toʻplanadi. Uning tusi quyi qatlamlarga
nisbatan toʻq boʻladi. Shuning uchun xam bu qatlam chirindili akkumulyativ
(toʻplanish) gorizonti deyiladi.
Oʻrmon tuproqlari yuzasidagi «Oʻrmon qiyi» va ba’zi botqoqliklardagi torf
tamomila chirib oʻzgarmagan organik qoldiq yigʻindisi boʻlganligi uchun ular tuproq
ustki qatlamchasi deyiladi va A ishorasi bilan yoziladi.
Oʻtuvchi qatlam (V) elyuvial (yuviluvchan) gorizont deb ataladi. Tusi,
strukturasi va qovushmasiga koʻra ustki qatlamdan ajralib turgan bu gorizontdagi
ayrim birikmalar quyi qatlamga yuvilib tushib turadi. Bu jarayon, ayniqsa, podzolga
oʻxshagan kislotali va shoʻrtob singari ishqorli tuproqda ochiq koʻrinib turadi.
Tuproq osti qatlami (C) da ustki qatlamlardan yuvilib tushadigan ayrim
birikmalarning toʻplanish tufayli u allyuvial (yigʻuvchi va shimuvchi) gorizont xam
deyiladi. Bu qatlamning tusi tuproq ona jinsi (ruxlyak) rangidan bir oz farq qiladi.
Tuproq paydo qiluvchi faktorlar ta’sirida ona jinsning xali oʻzgarmagan quyi
qismini professor S.A.Zaxarov D ishorasi bilan ajratishni taklif etadi. Ba’zi
tuproqlarning ayrim qatlamlari sernam boʻlganligi sababli botqoqlanish belgisiga,
ya’ni koʻkimtir) tusga ega boʻladi. Koʻkimtir tusli bu qatlam berch (gleyli) gorizont
deyiladi va D ishorasi bilan belgilanadi. Masalan, botqoqlanish ona jins joylashgan
qatlamda boʻlsa-V ishlari bilan koʻrsatiladi, illyuvial qatlamda boʻlsa C, elyuvial
qatlamda boʻlsa-V ishoralari bilan koʻrsatiladi. Koʻpchilik tuproqlarda odatda har bir
genetik qatlam bir necha qatlamchalarga ajratiladi xolda ular A 1 A 2, V 1 V 2, C 1 C 2
ishoralari bilan belgilanib, ularning morfologiyasi xarakterlanadi.
Tuproq genetik gorizontlari qalinligi turli tuproq tiplarida va ularniing ayrim A,
V, C qavatlarida bir xil boʻlmaydi. Tuproq deganda faqat ustki gumus qatlam
tushunilmaydi, balki tuproq paydo qiluvchi jarayon ta’sirida oʻzgargan va morfologik
belgilariga koʻra ona jinsdan farqi boʻlgan ma’lum qalinlikdagi qatlam tushuniladi.
Shuning uchun tuproqning qalinligi uning tipiga koʻra, oʻrta xisobda 40 sm dan 150
sm gacha boʻladi. Ba’zan 250-300 sm qalinlikdagi tuproqlar xam uchrab, u yuqoridan
pastga tomon sm bilan oʻlchanadi. Tuproqning umumiy qalinligi (genetik gorizonti)
ni aniqlash bilan birga xar qaysi genetik gorizont (A,V,C) qalinligini belgilash xam
agronomiya nuqtai nazaridan juda katta axamiyatga ega. Masalan, gumusli-
akkumulyativ (A) gorizontning qalin boʻlishi tuproqning unumdorligini, elyuvial (V)
gorizontning aniq ajralib turishi esa bu qatlamdan ayrim moddalarning pastga yuvilib
ketganligini koʻrsatadi. Demak, tuproqning qalinligi va ayrim genetik gorizontlar
qalinligini oʻrganish bilan tuproq paydo boʻlish jarayonining darajasini va ayrim
genetik gorizontlar qalinligini oʻrganish bilan tuproq paydo boʻlish jarayonining
darajasini tuproqning agronomik sifatlarini aniqlash mumkin.
7

