Page 8 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 8
2-rasm. Tuproqning genetik gorizonti (qatlami).
Tuproqning tusi. Tuproqlar koʻpincha tusiga qarab nomlanadi. Masalan,
kashtan tuproq, qizgʻish tuproq, boʻz tuproq va boshqalar. Tuproqning asosiy rangi
kimyoviy. Tuproqning asosiy rangi kimyoviy tarkibi va chirindi moddalariga qarab
oʻzgaradi. Tuproq tarkibida organik modda-chirindi qancha koʻp boʻlsa, uning tusi
shuncha qoramtir boʻladi. Shuning uchun tuproq tusini puxta oʻrganish va toʻgʻri
aniqlash bilan undagi chirindi miqdorini taxminlash mumkin. Chunonchi, chirindi
10% dan koʻp boʻlsa, tuproq tim qora, 8-10% boʻlsa qora, 6-8% boʻlsa, qoramtir
yoki toʻq jigarrang tusda boʻladi. Tuproqda gumus qancha kam boʻlsa, uning tusi
shuncha oqish boʻladi.
Qizgʻish tusli tuproq tarkibida temir (III)-oksid, oq tusli tuproqda esa
kremnezem temirning chala oksidlari (zakisi) tuproqni yoki uning ayrim qismlarini
yashil, zangori yoki koʻkimtir tuslarga boʻyaydi. Masalan, botqoq tuproqlarda
uchraydigan vivianit ularga koʻk tus beradi. Tuproqda marganest birikmalari
borligini unda intensiv qora nuqtalar paydo boʻlishidan bilsa boʻladi. Tuproqning
ragini aniqlagach, uning tarkibi haqida tasavvurga ega boʻlish mumkin.
Rangni ifodalash uchun ikki-uchta soʻzdan iborat ta’riflardan foydalaniladi
(och jigarrang, boʻz kulrang, qoʻngʻir kulrang va hokazo). Ushbu ta’rifdagi oxirgi
soʻz asosiy rangni ta’kidlaydi. Dala sharoitida rangning intensivligi tuproqning
yoritilganlik darajasi va namligiga bogʻliq boʻladi. Nam tuproqlar quruqlariga
qaraganda toʻqroq tuyuladi. Shu sababli tuproq rangini aniqlaganda uning namligini
ham koʻrsatish kerak.
8