Page 16 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 16

monolit    (100*20*8)    va    oddiy    yashik,    burama    va  oddiy    mix,    otvyorka,

                 bolgʻacha,  dala  soyaboni,  reaktivli  yashik  (NSI,  NaCI 2, AgNO 3larning 10% li
                 yeritmasi,  fenolftalein),  probirka,  voronka,    filtr    va      distillangan    suv,    lupa,
                 eklimetr,  vizirli  chizgʻich,  tuproq parmasi  (bura)  gerbariy  uchun  tayyorlangan

                 simtoʻr.    Bu    koʻrsatilganlarni  tayyorlab,    fermer    xoʻjalik    tyerritoriyasi    bilan
                 tanishib  chiqilgandan  soʻng tuproqni tekshirish boshlanadi.



















                          10-rasm. Tuproqdan namuna olish uchun kerakli asbop anjomlar.


                                    TUPROQDAN MONOLIT NAMUNA OLISH.

                        Tuproqdan  monolit  (yaxlit)  olishdan  maqsad  uzoq  oʻlkalardan keltirilgan

                 tuproqlarning  tabiiy  holati  saqlangan  xolda morfologiyasini,tuzilishini,  16enetic
                 qatlamlarining  joylashish qalinligini, oʻsimlik ildizlarining joylashish chuqurligi  va
                 hakozolarni oʻrganish,  shuningdek  tuproq  muzeylarini  tashkil  etishda,  ma’ruza
                 va amaliyot  darslarida  koʻrgazma  sifatida  qoʻllanib  darsning  qiziqarli oʻtishiga

                 yordam beradi. Tabiiy  holati  saqlangan  tuproqdan  monolit  namuna  olish  uchun
                 standart  monolit  yashigidan  foydalaniladi  (100X20X5  sm).  Yashikning uzunligi
                 100 sm, eni 20 sm  va  qalinligi 10-12 sm boʻlib, qopqoqli prizma shaklida boʻladi.

                 Monolit namuna olish uchun chuqurligi 150 sm, kengligi 80-100 sm boʻlgan chuqur
                 qaziladi. Chuqurning  monolit  olinadigan  tomoni  yaxshilab  tozalanib, tekislanadi,
                 soʻngra  yashikning  qopqogʻI         va    tubini  olib,qolgan  qismi  chuqur  devoriga

                 oʻrnatiladi.  Bunda    yashikning  yuqori  qismi    tuproqning    yuza    qismi  bilan    bir
                 tekisliklda  tushirishi  kerak.  Soʻngra  pichoq  bilan  yashikni hajmiga koʻra chizib
                 chiqiladi.



















                                                               16
   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21