Page 18 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 18
tuprogʻining nami aniqlanib, chuqur qazilgan joy topografik asosda shartli belgi
bilan aniq koʻrsatiladi.
Asosiy chuqur ichiga X yozilgan doira bilan belgilanadi. Yarim chuqur esa
doira, chuqurcha esa nuqta bilan belgilanadi va albatta, nomerlab qoʻyiladi.
Kundalik daftarga hamma hildagi chuqurlar tartib bilan nomerlab boriladi. Joyning
relefini topografik asosga tushirish uchun karta kompas yordamida belgilanadi.
Bunda kompas strelkasining shimol nuqtasi kartadagi strelkaga toʻgʻri kelishi kerak.
Soʻngra kompasni osib chuqurcha tomnidan yaqqol koʻrinadigan qilib belgilanadi.
(yoʻl, almashlab ekilgan dala qirgʻogʻi, uy, qishloq, temir yoʻl har hil stolbalar,
kanal va xkazolar) soʻngra leneyka yordamida chuqur va belgilash (orientir)
nuqtasining masofasi oʻlchanadi. Bularning oraligʻini koʻz bilan chamalab,
qadamlab aniqlash mumkin.
Kundalik daftarga chuqurlarning nomeri, joylashgan oʻrni, joyning relefi aniq
yoziladi. Jumladan mikro va makrorelef yoki tekislik, shuningdek qaysi tomonga
nishab va hakozalar, oʻsimliklari (turi qalinligi, boʻyi holati) qishloq xoʻjaligi
tarmogʻi, madaniy oʻsimliklar, tuproq osti qavati, ona jinsi, uning mexanikaviy
tarkibi, karbonatli, gipsli qavati hamda suvda oson eriydigan tuzlari yoziladi. Sizot
suvining satxi, tarkibi, botqoqlanish sabablari, shuningdek tuproq ustki koʻrinishi,
qatqaloq, har hil yoriqlar, toshli, toshloq, qum va x. K. Lar yoziladi.
Chuqurning tik devori pichoq bilan sekin kovlab turiladi. Chuqurning tusi,
yangi yaralmasi va boshqa morfologik belgilariga koʻra tuproqning genetik
qatlamlari va qatlamchalarining qalinligi pichoq bilan chizib belgilanadi. Soʻngra
chuqurning tik devoriga oʻlchov metrini shunday oʻrnatish kerakki, uning h nuqtasi
tuproqning yuzasiga toʻgʻri kelsin. Shundan keyin har bir qatlamning qalinligi va
chuqurning boʻyi oʻlchanadi. Kundalik daftarga rangli qalam bilan chuqurning
rasmi chiziladi. Bunda oʻsimlikning ildizlarining tarqalishi, chuqurligi yangi
yaralmalar va qoʻshilmalar uchragan joy belgilab qoʻyiladi. Soʻngra tuproqning
vijillash chuqurligi (10% li HCl yeritmasi tomiziladi) har bir qatlamning ustki va
tuproq osti qalinligi belgilanadi.
18