Page 25 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 25

ajratiladi.  Наr  ikkala  zonaning  gidromorf  tuproqlari    namlanish  sharoitiga  koʻra

                 qayir  allyuvial,  allyuvial  va  soz  rejimli  boʻlishi  mumkin  (R.Q.  Qoʻziyev,  У.Е.
                 Sektimenko, 2009).
                        Boʻz  tuproqlar  poyasining  oʻtloqi  tuproqlari  konus  yoyilmalarining

                 chekkalarida (agar boʻz tuproqlar poyasiga kirsa) daryo vodiylarida oʻtloqi tuproqlar
                 va  botqoqlashgan  oʻtloqi  tuproq  tipchalari  sifatida  uchraydi.  Ular  och  tusli  boʻz
                 tuproqlar  zonasida  boʻlsa  har  xil  darajada  shoʻrlashgan,  tipik  va  toʻq  tusli  boʻz

                 tuproqlar orasida boʻlsa shoʻrlashmagandir.













































                                                 14-rasm.  Boʻz tuproqlar.

                        Oʻtloqi tuproqlar. Bu tuproqlar qayir-allyuvial, allyuvial va soz tartibotlarida

                 hosil  boʻlgandir.  Qayir-allyuvial  tartibotdagi  oʻtloqi  tuproqlar  daryo  suvi  toshib
                 turadigan  qayirlarda  hosil  boʻlgan  va  fizik-kimyoviy  xususiyatlari  jihatdan  choʻl
                 zonasining xuddi shunday tuproqlariga oʻxshaydi.
                        Allyuvial  tartibotdagi  oʻtloqi  tuproqlari  Qoradaryo,  Norin,  Chirchiq,

                 Oxangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Kofirnihon, Vaxsh daryo vodiylarining boʻz
                 tuproqlar  poyasidan  oqib  oʻtayotgan  joylarida  hosil  boʻlgan.  Qatlamlashgan  turli
                 jinslar  0,5-2,0  m  chuqurlikda  galechnik  bilan  almashinadi.  Sizot  suvlari  yaqin

                 joylarda oʻtloqlar qalin chim  hosil  qiladi,  shoʻrlangan  gruntlarda  esa siyrak  oʻtlar
                                                               25
   20   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30