Page 28 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 28

15-rasm. Botqoq tuproqlar.
                        Bu tuproqlar boʻz tuproqlar poyasidagi sizot suvlari yyer yuziga juda yaqin,
                 xatto  ayrim  joylarda  yyer  yuziga  chiqib  yotgan  yyerlarda  paydo  boʻladi.  Bunday

                 maydonlar  oz  boʻlib,  eski  sholipoyalargina  yuqoridagi  tuproqlarni  hosil  qiladi.
                 Botqoq-voha tuproqlari tipi ikkita tipchadan iborat
                        1. Sugʻoriladigan botqoq tuproqlar.
                        2. Botqoq-voha tuproqlari.

                        Sugʻoriladigan  botqoq  tuproqlar  oʻz  navbatida  allyuvial  tartibotdagi
                 sugʻoriladigan  illashgan-botqoq  tuproqlar,  allyuvial  tartibotdagi  sugʻoriladigan

                 torfli-botqoq  tuproqlar,  soz  tartibotdagi  sugʻoriladigan  torfli-botqoq  tuproqlarga
                 boʻlinadi. Botqoq voha tuproqlari esa allyuvial va soz tartibotlaridan iborat.
                        Boʻz tuproqlar poyasining sizot suvlari yyer yuziga yaqin boʻlgan joylarida
                 oʻtloqi tuproqlar  hosil boʻladi. Sizot  suvlarining  tartibotiga  koʻra  allyuvial  va soz

                 tartibotidagi  oʻtloqi  tuproqlarga  ajratiladi.  Ammo  bu  tuproqlar  hozir  oʻzlashtirish
                 natijasida deyarli sugʻoriladigan oʻtloqi, oʻtloqi-vaqa va boshqa tuproqlarga aylanib
                 ketgan.

                        Oʻtloqi-voha tuproqlari.
                        Sugʻoriladigan  oʻtloqi  tuproqlar  bilan  oʻtloqi-voha  tuproqlari  bir-biridan
                 shartli  ravishda  ajratiladi.  Bu  esa  sugʻorma  suvning  tarkibidagi  loyqaga  va  daryo

                 yotqiziqlariga bogʻliqdir. Sugʻorma suv tarkibidagi loyqa koʻp boʻlsa, agroirigatsion
                 yotqiziqlar  tez  toʻplanadi,  qalinligi  ortadi,  aksincha,  tiniq  suv  bilan  uzoq  vaqt
                 sugʻorilishiga qaramay agroirigatsion qatlam yupqa boʻladi.

                        Oʻtloqi-voha  tuproqlarining  morfologik  belgilari  quyidagicha:  30  sm
                 chuqurlikda qoʻngʻir dogʻlari boʻlgan toʻq boʻz rangli haydov qatlami yirik donador,
                 kesaksimon  strukturaga  ega  boʻlib,  hamma  joyda  koʻmir  va  sopol  qoldiqlari
                 uchraydi.  Uning  ostida  (100  sm)  qora-qoʻngʻir,  sargʻich  dogʻlari  boʻlgan  chipor


                                                               28
   23   24   25   26   27   28   29   30   31   32   33