Page 31 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 31
qilib, togʻ jigarrang tuproqlar va vertikal zonasi quruq subtropik dashtli-oʻrmonli
mintaqasida rivojlanadi.
Togʻ jigarrang tuproqlar uchun quyidagi diagnostik belgilar xos va
mos;
Tuproq profilining boshqa togʻ oʻlkalari tuproqlardan qalinligi (1,5-2m).
Gumusli qatlamning qalinligi (60-70).
Gumusli qatlamning jigarrang tusda boʻlishi.
Gumus tarkibi fulvat-gumatli.
Tuproq profilida loylanishning yuqoriligi.
Tuproq reaksiyasi neytralga yaqin.
Gumusli va karbonatli qatlamda kesakli-donador va yongʻoqsimon
strukturaning mavjudligi.
Karbonatlarning pastki qatlamlarda yigʻilishi.
Tuproq strukturasining donadorligi.
Togʻ jigarrang tuproqlarining asosiy xususiyatlaridan biri tuproq mineral
qismining karbonatlashganligidir. Karbonatlarning joylashish chuqurligi va
karbonatlashish darajasi tuproqning rivojlanish bosqichlariga bogʻliqdir. Karbonatli
tuproqlarda ular ustki qismda, tipik va ishqorsizlangan jigarrang tuproqlarda esa
karbonatlarning tarqalishi chuqurlik buyicha atmosfera yogʻinlariga bogʻliq holda
oʻzgaradi.
16-rasm. Togʻ jigarrang tuproqlar.
Togʻ jigarrang karbonatli tuproqlarini birinchi boʻlib S.S.Neustruev Fargʻona
viloyati Andijon uezdi togʻli tuproqlarini oʻrganish jarayonida ularni toʻq boʻz
rangli tuproqlar deb atagan. S.A.Zaxarov Gruziyadagi eman oʻrmonzorlarida togʻ
jigarrang tuproqlarini oʻrgangan. M.A.Pankov uzoq yillar Tojikistondagi kashtan
31