Page 32 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 32

tuproqlarini taqqoslagan. B.A.Nikitina esa bu tuproqlarni oʻrmon qoʻngʻir tuproqlari

                 deb nomlagan.
                        Bu tuproqlar Oʻzbekiston Respublikasi togʻ tizmalarining 700-1200 m dengiz
                 sathidan balandlikda tarqalgan. Geografik tomonidan jigarrang karbanatli tuproqlar

                 vertikal zonaning pastida toʻq boʻz tuproqlar bilan chegaralangan, yuqori qismida
                 oddiy jigarrang tuproqlar bilan chegaradosh.
                 Togʻ jigarrang karbonatli tuproqlar-lyoss, lyossimon qumoqlarda, delyuvial va

                 prolyuvial  toshli,  shagʻalli  yotqiziqlarda  hamda  qizil  rangli  loyli,  ohak  tosh,
                 qum tosh va boshqa qattiq jinslarda rivojlanadi.
                        Togʻli jigarrang karbonatli tuproqlar uchun quyidagi 32enetic qatlamlarning
                 tuzilishi mavjud; A-B 1-B 2-C.

                        Morfologik tuzilishida bu tuproqlar gorizontlarida quyidagi belgilar, alomatlar
                 va xossalari mavjud;
                        A-gumusli, jigarrang,  donador kesakli, zichlashgan, oʻrta qumoq, katta

                 gʻovakli.
                        Juda koʻp karbonatli dogʻlar uchraydi, ular oʻsimliklar ildizi bilan zich
                 qoplangan gorizontning qalinligi 18-28 sm.

                        Bu tuproqlarning mexanik tarkibi oʻrta, ogʻir qumoqli va loyli.
                           Chimli gorizontda gumus miqdori tuproqning yuvilganlik darajasiga koʻra 1,7
                 – 2,0 dan 3,5 – 8,2 % gacha, chim osti gorizontda 1,2-1,5 dan 2,3  -4,3 % gacha

                 oʻzgarib turadi. Azot miqdori 0,20 dan 0,70 % gachani tashkil etadi. C:N nisbati 6-
                 8.  Yuvilmagan  tuproqlar  chimli  gorizontida  harakatchan  fosfor  miqdori  20  –  80
                 mg/kg, .harakatchan kaliy esa 380 – 620 mg/kg. Yuvilmagan tuproqlarda esa ushbu

                 koʻrsatkichlar mos ravishda 20 -25 уа 230 – 380 mg/kg gacha kamayadi. Shunday
                 qilib  tuproqlar  unumdorligi  yuvilish  natijasida  ancha  pasayadi  (Turapov,  1982).
                 Karbonatli jigarrang  tuproqlar  ustki  gorizontlaridanoq  kislotalar taʼsirida qaynashi

                 kuzatiladi.  Chimli  gorizontlarda  karbonatlar  (СО 2)  miqdori  3,2  dan  8,3  %  gacha,
                 profilning barcha qismlarida 7,5 – 18,7 % ni tashkil etadi. Tuproq reaksiyasi kuchsiz
                 ishqorli. Ushbu tuproqlar singdirish sigʻimi ancha past – 9  - 13 mg. Almashinuvchi
                 kalsiy miqdori singdirilgan asoslar yigʻindisining 80 – 90 foizini tashkil etadi.

                        Togʻ  jigarrang  karbonatli  tuproqlar.  Boysun  togʻi  elyuviy  va  delyuviy  togʻ
                 ona  jinsida  shakllangan,  balandligi  dengiz  satxidan  1783  m  da,  relefi  qiya
                 toʻlqinsimon. Surxondaryo viloyati Boysun tumani Oʻrmon xoʻjaligi xududi.

                        Kesma  “Padang”  qishlogʻi  yaqinida  “Yakka  archa”  uchastkasida  janubiy
                 qiyalik oʻrtasida joylashgan. Lalmi (bugʻdoyzor), oʻrtacha eroziyaga uchragan.
                        0-12  sm.  Jigarrang,  quruq,  oʻrta  qumoq,  kesaksimon-donsimon,  yumshoq,

                 kaprolitlar  uchraydi,  oʻsimlik  ildizlari  siyrak,  xasharot  izlari  uchraydi.    Keyingi
                 qatlamga oʻtish asta-sekin.
                        12-36 sm. Och jigarrang, quruq, yangi, oʻrta qumoqli, donsimon strukturali,

                 kam zichlashgan, konkresiya va oq kuzanak karbonatlar (10%) uchraydi, oʻsimlik
                                                               32
   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37