Page 27 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 27
oʻtloqi tuproqlar morfologik tuzilishi boʻyicha aniq koʻrinadigan belgilari bilan
oldingi qoʻriq tuproqlardan uncha farq qilmaydi. Chirindili qatlam uncha qalin
emas. Oʻzlashtirilganlik muddatiga koʻra chirinidili – akkumulyativ gorizontining
qalinligi 30 – 45 sm, sur yoki toʻq sur tusda, baʼzan qoʻngʻir koʻrinishda, ildizlar
koʻp. Uning ostida oʻtuvchi gorizont joylashgan, ildizlar kam, Baʼzan karbonatli
yangi yaralmalar mavjud. Oʻtuvchi gorizont pastida ancha och tusli gorizontlar
joylashgan. Ular tuproq paydo qiluvchi jinslar – keskin qatlamli allyuviy, kuchsiz
qatlamli prolyuviy yoki ancha bir xildagi lyoss уа lyossimon qumoqlar, ushbu
qatlamda koʻkimtir уа qoʻngʻir tusdagi gleylanish alomatlari koʻp.
Oʻtloqi allyuvial tuproqlar haydalma qatlamida chirindi miqdori 0,4 dan 1,5
foizgacha oʻzgaradi, soz oʻtloqida – 0,6 dan 1,8 (2,5) foizgacha. Uning miqdori
pastga tomon asta – sekin kamayadi. Allyuvial tuproqlarda azotning miqdori
haydalma gorizontda 0,06 dan 0,124 % gacha, pastga tomon uning miqdori,
gumusning miqdoriga mos ravishda kamayib boradi.
Tuproqlar harakatchan fosfor miqdori boʻyicha kam taʼminlangan (18-30
mg/kg). Harakatchan kaliy bilan tuproqning taʼminlanishi juda xilma – xil, kam
taʼminlanganidan to yuqorigacha. Yalpi fosfor miqdori 0,09 dan 0,14 % gacha
(allyuvial tuproqlarda) уа 0,10 – 0,28 % gacha (soz tuproqlarda), yalpi kaliy esa –
0,75 dan 1,72 % gacha. Oson oʻzlashtiriladigan oziqa elementlari miqdori pastga
tomon sezilarli kamayadi (Ismanov, Рopov, 1997; Sektimenko, Ismanov, 2003).
Botqoq tuproqlar.
Bu poyasdagi botqoq tuproqlar oʻtloqi va botqoqlashgan-oʻtloqi tuproqlar
orasidagi past qalinliklarda, sizot suvlari yozgi suv koʻtarilishi davrlarida yer yuziga
yaqinlashib keladigan joylarda hosil boʻladi. Sizot suvlari kamayganda 20-50 sm
chuqurlikka yaqinlashadi. Oʻsimliklari qamish va qoʻgʻadan iboratdir. Sizot
suvlarining uzoq vaqt tuproq ustiga chiqib yotishi tufayli torf qatlami hosil boʻladi
va ular torflashgan botqoqlar deb yuritiladi. Ularning tarkibida chirindi (10-22 %),
azot va fosfor moddalar koʻp. Sizot suvlari tezda pasayib ketadigan joylarda esa
illashgan-botqoq tuproqlar hosil boʻladi. Illashgan-botqoq tuproqlarda chirindi (1,5-
2 %), azot va fosfor moddalari ozdir. Botqoq tuproqlar deyarli oʻzlashtirishga
tortilgan boʻlib, qoʻriq holda juda oz uchraydi.
27