Page 29 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 29

rangli  B1  va  yanada  quyida  sargʻich  va  toʻq  jigarrang  dogʻlari  boʻlgan  sargʻich-

                 qoʻngʻir  B2  gorizontlari  mavjud,  100  sm  chuqurlikka  yetib  boradi.  Antropogen
                 yaralmalar  esa  50  sm  chuqurlikkacha  uchraydi.  Bir  metrdan  pastda  qora  va  qizil
                 dogʻlari boʻlgan chipor-qoʻngʻir-boʻz rangli S gorizonti paydo boʻladi.

                        Bu tuproqlarning morfologik tuzilishidagi temir oksidlaridan iborat sargʻich-
                 qoʻngʻir, qora-qongʻir dogʻlar gidromorfik belgilaridir. Sizot suvlarining tartibotiga
                 koʻra bu tuproqlar allyuvial oʻtloqi-voha va soz oʻtloqi-voha tuproqlariga boʻlinadi.

                 Allyuvial  oʻtloqi-voha  tuproqlari  daryolarning  yuqori  terrasalarida  hosil
                 boʻlganligidan shoʻrlanmagan boʻladi.
                        Umuman  boʻz  tuproqlar  poyasining  oʻtloqi-voha  tuproqlari  choʻl
                 poyasidagidek  shoʻrlanmagandir.  Lekin  Fargʻona  vodiysi  sharqiy  qismidagi  adir

                 oldi  tekisliklari  singari  minerallashgan  sizot  suvlari  yer  yuziga  boʻrtib  chiqqan
                 joylarda bu tuproqlar namolum darajada shoʻrlashgan boʻladi.
                        Oʻtloqi-voha  tuproqlari  chirindiga  boy  va  ayniqsa  “koʻmilgan  tuproqlar”

                 evaziga chirindi ancha chuqurlikka tushib boradi (oʻtmish qoldigʻi). Yalpi azot 0,12-
                 0,16%,  yengil  gidrolizlanadigan  azot  miqdori  koʻp  (80-150  mg/kg).  Yalpi
                 fosforning,  ayniqsa  uning  harakatchan  shaklining  miqdori  fosforli  oʻgʻitlarni

                 qoʻllashga bogʻliqdir (Chirikov boʻyicha fosforning kalpsiy va magniy karbonatlari
                 bilan bogʻliq boʻlgan II-gruppa tarkibi va oksidlar bilan bogʻliq boʻlgan III-gruppa
                 tarkibi koʻpdir).

                        Bu  tuproqlarda  almashinuvchi  va  suvda  yeruvchi  kaliy  ham  koʻp  (300
                 mg/kg).  Singdirish  kompleksi  boʻz-voha  tuproqlaridagidek  boʻlib,  I.N.Felitsiant
                 boʻyicha Zarafshon geoximik provinsiyasida Mg koʻpdir. Oʻtloqi-voha tuproqlarida

                 yirik chang ham (40%) il miqdori ham (18-20%) koʻp. Sugʻoriladigan oʻtloqi-boʻz
                 tuproqlar xuddi qoʻriq tuproqlarning oʻzlashtirilishi natijasida hosil boʻlganligidan
                 oʻtmishda  gidromorf  sharoitning  avtomorf  sharoit  bilan  almashinishi  natijasida

                 (sizot suvlari birmuncha pastda boʻlishiga qaramay) gidromorf xususiyatlar yaxshi
                 saqlanib  qolgan.  Bu  tuproqlarning  uzoq  davr  oʻzlashtirilishi  natijasida  qalin
                 agroirigatsion qatlamga ega boʻlgan oʻtloqi-boʻz-voha tuproqlari hosil boʻladi. Bular
                 oʻtloqi-voha tuproqlarning tipchalaridir.


                        Sugʻoriladigan        botqoqlashgan-oʻtloqi           tuproqlar.       Sugʻoriladigan
                 botqoqlashgan-oʻtloqi  tuproqlar  allyuvial  va  soz  tartibotdagi  xuddi  shunday  quriq

                 tuproqlardan  hosil  boʻladi.  Allyuvial  tartibotdagi  sugʻoriladigan  batqoqlashgan-
                 oʻtloqi tuproqlari sizot suvlari 0,5-1,5 m chuqurlikda boʻlgan sharoitda, gleylashgan
                 boʻlib, oʻtmish qoʻriq sharoit belgilari yaxshi saqlanib qolgan. Bu tuproqlarni xuddi

                 shunday  choʻl  tuproqlaridan  chirindisining  salgina  ortiqligi  va  strukturasining
                 yaxshiligidangina farqlash mumkin.
                        Soz tartibotdagi sugʻoriladigan botqoqlashgan-oʻtloqi tuproqlar chirindisining

                 juda koʻpligi (Fargʻona vodiysida 6-8%) oʻtmishdagi qoʻriq tuproq qoldigʻi boʻlib,
                                                               29
   24   25   26   27   28   29   30   31   32   33   34