Page 24 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 24
BOʻZ TUPROQLAR, GIDRAMORF VA TOGʻ JIGARRANG
TUPROQLARI UCHUN HARAKTERLI BOʻLGAN MORFOLOGIK
BELGILARNI TAXLIL QILISH.
Boʻz tuproqlar och tusli, yumshoq, karbonatli sahro, yarimsahro, subtropik
quruq bioiqlimda, tabaqalangan kesmali tuproqlardir. Boʻz tuproqlar S.S. Neustruev
(1909), N.A. Dimo, L.I. Prasolov, A.I. Bessonov, A.N. Rozanov tomonidan har
tomonlama oʻrganilgan boʻlib, Evroosiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerikada
keng tarqalgan. Umumiy maydoni 205,9 mln.ga togʻlarda esa 52,5 mln. Gektar.
Oʻrta Osiyo va Zakavkazeda tarqalgan. Allyuvial, prollyuvial, dellyuvial soz va
sozsimon yotqiziqlar ustida, quruq subtropik iqlimda qishi 2 – 5°S , yozi esa +26 +
30°S, yil davomida iliq kunlar 170 – 245, harorat yigindisi 3400 – 5800°S, yogin
miqdori 1000 – 1700 mm tashkil qiladi. Qattiq togʻ jinslarining elyuviy va
delyuviyida hamda turli rangdagi yotqiziqlar ustida ham hosil boʻladi. Biomassa
120-150 s/ga, yer ustida 15 – 25 s/ga, ostida esa 100 s/ga dir. Profilning tuzilishi A-
12-17 sm, AV-15-26, Vsa-60-100 sm, VS-1,5-2,0 m gips birikmalaridan iborat.
Gumus 1,0 – 3,5 %, singdirish sigimi 16 mg ekv/g, gumus zahirasi 50-160 t/ga.
Balandlik, oʻsimlik qoplami va boshqa hususiyatlariga binoan uch podtipga och,
tipik, toʻq tusli, boʻz tuproqlarga ajratilgan. Bu tuproqlar paxtachilik, bogʻdorchilik,
gʻallachilik, sabzavot – polizchilik va chorvachilikda foydalaniladi.
Gidromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari yaqin (0,5-3,0 m) boʻlgan
sharoitda, doimiy kapillyar namlik taʼsirida hosil boʻladigan oʻtloq, botqoq, botqoq-
oʻtloq tuproqlar уа shoʻrxoklar kiradi.
Gidromorf tuproqlarning xossalari sizot suvlarining sathi,
minerallashganlik darajasi уа shuningdek, davriy ravishda boʻlib turadigan toshqin
suvlari rejimiga bogʻliq. Tuproqning namlanib turish holati, shu yerdagi tuproq
paydo qiluvchi оnа jinslarning mexanik tarkibi уа fizikaviy xossalariga ham
bogʻliq. Jumladan, уеr osti suvlari lyosslarda 3-4 т boʻlganida, gilli уа qatlamli
gruntlarda 1,5-3 т, da tuproq gorizonti doimiy kapillyar namlanib turadi.
Gidromorf tuproqlar choʻl уа boʻz tuproqlar zonalarida tarqalgan
boʻlib,daryolarning quyi oqimlari, relyef depressiyalari (choʻkmaalari)da – koʻl
atrofi, daryo vа koʻlamning qurib qolgan pastliklari vа togʻ oldi qiya tekisliklari
hamda togʻoldi yoyilmalarida katta maydonlarni egallaydi.
Oʻzbekistonda gidromorf tuproqlar maydoni sugʻoriladigan yerlar
maydonlarining 50% ni tashkil etadi. (R.Q.Qoʻziyev Уа boshqalar, 2004)
Turli tuproq zonalarining gidromorf tuproqlari bir-biridan farq qiladi.
Chunki bu tuproqlarning rivojlanishiga sizot suvlaridan tashqari har bir zonaning
tabiiy sharoitlari- iqlimi, tuproq paydo qiluvchi оnа jinslar tarkibi, oʻsimliklar
qoplami va boshqalar katta taʼsir etadi. Shuning uchun ham zonal joylashuviga
koʻra, chol zonasining va boʻz tuproqlar zonasining gidromorf tuproqlariga
24