Page 30 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 30
yaxshi saqlangan haydov osti qatlami gleylashgan. Shoʻrlanish oz yoki sulfat tuzlari
mavjud.
Botqoqlashgan-oʻtloqi-voha tuproqlari. Botqoqlashgan-oʻtloqi-voha
tuproqlari allyuvial va soz tartibot sharoitlaridagi qoʻriq tuproqlardan hosil boʻlgan.
Allyuvial tartibotdagi botqoqlashgan-oʻtloqi-voha tuproqlari soz tartibotdagi
shunday tuproqlardan chirindisining ozligi bilan farq qilsa, umuman bu tuproqlar
yuqorida ta’riflangan tuproqlardan kam chirindili ekanligi bilan ajralib turadi. Sizot
suvlari 0,5-1,5 m chuqurlikda boʻlganligidan gleylanish jarayoni kuchli, ammo
agroirigatsion qatlam birmuncha qalindir.
Keltirilgan ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, sugʻoriladigan oʻtloqi-allyuvial
tuproqlar profili murakkab boʻlib, yuqori qatlamlarda mexanik tarkibi oʻrta boʻlsa,
oʻrta va quyi qatlamlar tomon ba’zan ogʻirlashib, ba’zan esa yengillashib borishini
koʻrish mumkin. Ushbu tuproqlar oʻzining yangi yaralmalarining ham turlicha
boʻlishi bilan farqlanadi. Umuman olganda ushbu tuproqlar unumdorligini
yaxshilashda bu koʻrsatkichlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa uning sifat
jihatdan baholashda ta’sir etadi.
Oʻzbekistonning togʻ (jigarrang va och qoʻngʻir-oʻtloq-dasht) tuproqlari
maydoni 2,2 mln. Gektardan oshiqroq. Relyefi juda murakkab va oʻnqir choʻnqir
boʻlgani sababli, balandlikdagi togʻlar mintaqasidagi tuproqlarining unumdorligi
yuqori boʻlishiga qaramasdan, unda ekinlar maydoni juda kam. Вu zona yerlari
yuqori mahsuldor chorva yaylovi hisoblanib, unda jumhuriyatning asosiy
оʻrmon maydonlari joylashgan. Oʻrmonlar suv oqimini tartibga solib turishda va
tuproqlarni eroziyadan muhofaza qilishda muhim rоl oʻynaydi.
Togʻ jigarrang tuproqlar mamlakatimizning togʻli hududlarida eng koʻp
tarqalgan tuproqlar tipi boʻlib, ularning tuproq gorizontlari uchun quydagi asosiy
diagnostik belgilari va xossalari mavjud, gumusli akkumlyativ, illyuvial, illyuvial-
loyli, metamorfik loyli, karbonatli va boshqalar.
Togʻ jigarrang tuproqlar deyarli koʻp hududlarda boʻz tuproqlar kabi togʻli,
tabiiy sharoitlarda rivojlansada, ammo bu zonada kuz va bahor mavsumlarida
tuproqning namlanishi ancha koʻp. Togʻ jigarrang tuproqlar koʻp hududlarda
karbonatli jinslarda shakllanadi. Ayniqsa, oʻrta qatlamning keskin gillanishi
(loylanishi) ushbu tuproqlarga xosdir.
Togʻ jigarrang toʻproqlar quyidagi tipchalarga ajratiladi:
1. Togʻ j igarrang karbonatli
2. Togʻ jigаnang tipik
3. Togʻ jigarrang ishqorsizlangan (yuvilgan)
Daraxtli oʻsimliklardan buk, zarang, archa, pista, yunon yongʻogʻi, bodom,
olma, olcha va butazorlar hamda quruq oʻrmonli chakalakzor mavjud. Shunday
30