Page 35 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 35
sekin bir-biri bilan almashib borish qonuniyatlari mavjud. Tuproqning geografik
tarqalishi tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bevosita bogʻliq boʻlib, shunga koʻra
tuproq tiplari ham oʻzgarib boradi. Jumladan, iqlim sharoitining kenglik yoʻnalishi
boʻyicha, ya’ni shimoldan janubga qarab oʻzgarishi bilan, shu yoʻnalishda oʻsimlik
va tuproq qoplami ham oʻzgarib boradi. Demak, tabiiy sharoitlari deyarli bir xil
boʻlgan muayyan geografik kengliklarda ma’lum tuproq tiplari tarqaladi va
mintaqalarni hosil qiladi. Tekislik territoriyalari boʻylab tuproqlarning ana shunday
tarqalishini V.V. Dokuchayev gorizontal zonallik deb atadi. Oʻsimlik qoplamining
tarkibi bilan bogʻliq boʻlgan, u yoki bu tuproq tipi koʻpchilikni tashkil etadigan
territoriya – gorizontal tuproq zonalari deb ataladi. Quyidagi asosiy tabiiy tuproq
zonalari ajratiladi: tundra, podzol yoki tayga-oʻrmon, oʻrmon-dasht, qora tuproq
yoki dasht, kashtan tuproq yoki quruq dasht, qoʻngʻir yoki choʻl-dasht, choʻl va
dasht, togʻ oldi choʻl-dasht zonasi.
V.V. Dokuchayevning gorizontal tuproq zonalari haqidagi qonuni hozirgi
vaqtda butun yer shari tuproqlari uchun ham qoʻllaniladi. V.V. Dokuchayev yer
sharida: boreal (arktika), oʻrmon, qora tuproqli dasht, ayeral (choʻl) va laterit
tuproqlari kabi 5 ta zonani ajratadi.
V.V. Dokuchayev shuningdek, togʻli oʻlkalarda tuproklarning vertikal
yoʻnalish boʻyicha almashinib tarqalish qonunini ham kashf etdi. Vertikal tuproq
zonalari tekislikdagi kengliklar boʻylab taraqalgan tuproqlar singari, togʻlarning
pastidan boshlab shimoliy qismiga qarab ma’lum qonuniyat asosida tarqalsada,
ba’zan undan farq qiladi.
Jumladan, togʻlarda tuproq tiplarining chegarasi yoki oʻrni keskin oʻzgaradi.
Tekisliklardagi ayrim tuproqlar togʻli ulkalarda uchramaydi yoki toʻliq
ifodalanmagan boʻladi. Umuman olganda I.V. Dokuchayevning tuproqlar zonalligi
qonuniyati bu yerda saqlab qolinadi. Hozirgi vaqtda uning tuproq zonalari haqidagi
ta’limoti tuproqshunoslikning koʻp sohalarida keng ishlatilmokda.
Tuproq-gegrafik rayonlashtirish prinsiplari haqidagi ta’limot keyinchalik L.I.
Prasolov, I.P.Gerasimov, P.A. Letunova, Ye.N. Ivanova, N.N.Rozov va boshqalar
tomonidan yanada rivojlantirildi. Ular tomonidan oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar
natijasida tuproq qoplamining ilgari noma’lum boʻlgan geografik qonuniyatlari
ochildi.
Hozirgi vaqtda tuproq-geografik rayonlashtirishda taksonomik birliklarning
quyidagi sisitemasi: tuproq-bioiqlim mintaqasi, tuproq-bioiqlim oblasti, tuproq
zonasi, tuproq zonachasi, bioiqlim fasiyasi, tuproq provinsiyasi, tuproq okrugi va
tuproq rayoni qabul qilingan.
Tuproq-bioiqlim mintaqasi taxminan tyermik mintaqalarga toʻgʻri keladigan
katta tyeritoriya oʻz ichiga olib, tuproq paydo boʻlish jarayonlari va oʻsimliklar
35