Page 38 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 38

zonasi  hosil  boʻlib,  uni  Oʻrta  Osiyoning  togʻoldi-chala  choʻllar  provinsiyasiga

                 kiritiladi.  Bu  provinsiya  ham  Shimoliy,  Markaziy  va  Janubiy  provinsiyachalarga
                 ajratiladi.Toʻq tusli boʻz tuproqlari mintaqasidan yuqorida oʻziga xos xususiyatlari
                 bilan  harakterlanuvchi  Oʻrta  Osiyo  togʻ  viloyatlari  tarqalgan.  Oʻzbekistonning

                 barcha territoriyasidagi yogʻin rejimining va biotuproq sikllari yoki bosqichlarining
                 yaqin  boʻlishi,  bu  yerdagi  togʻ  oʻlkalarini  Gʻarbiy  Tyanshan,  Oloy-Turkiston  va
                 Hisor provinsiyalarini oʻz ichiga birlashtiruvchi yagona Oʻrta Osiyo togʻ viloyatiga

                 kiritish  imkonini  beradi.Shunday  qilib,  tuproq-geografik  rayonlashtirishning
                 umumiy sxemasiga koʻra, hozir Oʻzbekiston territoriyasida oʻziga xos 6 provinsiya,
                 27 okrug va 83 tuproq  nohiyalari ajratiladi.




































                                                  17-rasm.Tuproq kartasi.


                                               7-AMALIY MASHGʻULOT
                                TUPROQNI BONITIROVKALASHNI OʻRGANISH.


                        Xoʻjalik va boshqa yerdan foydalanuvchilarni tuproqlarini bonitirovka qilish
                 uchun tuproq kartalari asos boʻlib xizmat qiladi. Baholash ob’ekti ulardan ajratilgan

                 har xil tuproqdir. Amaliy bonitirovka quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlab tuproq
                 kartasidagi  eksplikastiyadan  tartib  boʻyicha  genetik  guruhlarni  va  tuproq  xillarini
                 mexanik  tarkibini  bonitetini  dastlabki  ballari  aniqlanadi.  Boshqa  xususiyatlarni
                 koʻrsatkichi  bonitirovka  koeffistienti  jadvallarida  keltirilgan. Har  bir  tuproq xilini

                 yakuniy  bonitet  bali  dastlabki  balni  shkala  buyicha  bonitirovka  koeffisentiga
                 ketmaket koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi.


                                                               38
   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42   43