Page 41 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 41
60 24 36 120 45 180 540
70 28 42 140 52,5 210 630
80 32 48 160 60 240 720
90 36 54 180 67,5 270 810
100 40 60 200 75 300 900
1 ballning bahosi 0,4 0,6 2,0 0,75 3,0 9,0
U holda gʻoʻza hosili 70 balli tuproqda koʻyidagicha boʻladi. 70x0,40=28 st/ga
bugʻdoy hosili 80 balli tuproqda 80x0,60 = 48 st/ga teng boʻladi.
Yer bilan shugʻullanuvchilarni har xil guruhlar brigada, fermer xoʻjaligi va
hakozolarni hosil rejasini aniqlash uchun, agarda ular har xil tuproq ayrimlarida xili
ustida joylashgan boʻlsa u holda tuproq bonitetini oʻrtacha balli quyidagicha
hisoblanadi:
B oʻrt (Tup.oʻrt.bonit) = B 1 П 1 B 2 П 2 B 3 П 3 ....Bn П n
П1 П2 П3 ...П.
B 1, B 1, B 1, B n-- ishlab chiqaruvchi boʻlinmalar tarkibiga kiruvchi tuproq xili boniteti
ballari
B urt - tuproq oʻrtacha boniteti
P 1, P 2, P+….... P n-tuproq ayirmasiga tegishli boʻlgan maydon
Keyin tuproq bonitetini oʻrtacha balini hosildorlik bahosini 1 balga
koʻpaytiriladi va shu yoʻl bilan hosil rejasi (yoki tuproqni unumdorlik koʻrsatkichiga
mos xosil) aniqlanadi.
Tuproq bonitirovka xaritasida eksplikastiya bilan bir qatorda tuproqni
unumdorligi buyicha tasnifi jadvali keltirilgan boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq boshqarmasi tomonidan qabul qilingan qonun
boʻyicha, tuproqlar unumdorliki darajasi 10 ta sinfga gruppalashgan boʻlishi
zarur.(14-jadval) Bu kartada tuproqni xili emas, balki uning unumdorlik sinfi
qoʻyidagi ranglarda boʻyaladi.
X sinf- toʻq yashil
IX sinf- yashil
VIII sinf-toʻq sariq
VII sinf – sariq
VI sinf - qizgʻish
V sinf –sargʻish
IV sinf toʻq pushti
III sinf-pushti
II sinf toʻq kulrang
I sinf kulrang
(Rang shkalasi boʻyicha boshqa takliflar ham boʻlishi mumkin)
41