Page 45 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 45

Shoʻrlanmagan  va  ikkilamchi  qayta  shoʻrlanishga  uchramagan  yerlar.  Bu

                 guruhga sizot suvlari chuchik boʻlgan yoki chuqur joylashgan yerlar kiradi: 0,9 -1,0
                 metrgacha;
                           Shoʻri  batamom yoʻq boʻlib ketmaydigan yerlar. Bunga sizot suvlari chuqur

                 joylashgan va shoʻr boʻlgan yerlar kiradi: 0,85 - 0,95 metrgacha;
                        Tez yeruvchan tuzlar bilan shoʻrlangan yelar. Bu guruhga kiruvchi yyerlar shoʻr
                 yyerlarning asosiy qismini tashkil etadi, agar shoʻr sizot suvlari yuzaroq joylashgan

                 va sekin harakat qiluvchan boʻlsa, bunday  yyerlar shoʻrlanishda davom etavyeradi,
                 va sizot suvlari 0,6 - 1,0 metrgacha;
                        Karbonat-magniy tuzlari bilan shoʻrlangan, zich gips karbonatli qatlami boʻlgan
                 yyerlar. Bu guruhga kiruvchi tuproqlar chuchuk gidrokarbonatli sizot-suvlari yuzaga

                 joylashgan sharoitda boradi va sizot suvlari 0,5 - 0,9 metrgacha;
                       Fermer xoʻjalik va boshqa yerdan foydalanuvchilarniтn tuproqlarini bonitirovka
                 qilish  uchun  tuproq  kartalari  asos  boʻlib  xizmat  qiladi.  Baholash  ob’ekti  ulardan

                 ajratilgan  har  xil  tuproqdir.  Amaliy  bonitirovka  quyidagicha  amalga  oshiriladi.
                 Dastlab  tuproq  kartasidagi  eksplikastiyadan  tartib  boʻyicha  genetik  guruhlarni  va
                 tuproq  xillarini  mexanik  tarkibini  bonitetini  dastlabki  ballari  aniqlanadi.  Har  bir

                 tuproq  xilini  yakuniy  bonitet  bali  dastlabki  balni  shkala  buyicha  bonitirovka
                 koeffisentiga ketma-ket koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi.










                                               8-AMALIY  MASHGʻULOT
                                TUPROQ XARITALARI  VA ULARNI TUZISHDA GAT
                                    TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

                        Tuproq xaritasini chizish va analiz qilish uchun daladan  namunalar olinadi.
                 Xoʻjaliklarda yerlardan toʻgʻri va samarali foydalanish tuproq xaritalari, tuproq va
                 agrokimyoviy xaritagrammalari asoosida olib borilishi lozim.

                        Tuproq  xaritasi-ma’lum  territoriya  (xoʻjalik,  tuman,  viloyat  kabi)  tuproq
                 qoplamini  ma’lum  masshtabda  kichraytirilgan  holda  qogʻozga  aks  ettirish
                 demakdir.
                        Qanday masshtabda chizilganiga qarab tuproq xaritalarining quyidagi xillari

                 ajratiladi;
                        Kichik  masshtabli  xaritalarda  (1:300000  dan  kichik)  viloyatlar,  oʻlkalar,

                 respublikalar va shuningdek butun mamlakat tuproq- qoplami aks ettiriladi. Ulardan


                                                               45
   40   41   42   43   44   45   46   47   48   49   50