Page 43 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 43

baholash (bonitirovka qilish), yani yerning eng muhim, agronomik xususiyatlariga

                 koʻra unga ball bilan nisbatan solishtirma baho qoʻyish boʻlib, bu fermer kadastrda
                 muhim oʻrin tutadi.
                           Unumdorlik    boʻyicha      baholash-agrotexnikaning         va     dexkonchilikni

                 intensivlashning  oʻrtacha  darajasnda  tuproqning  sifatiga  hamda  unumdorlik
                 xususiyatiga  nisbatan  baho  berish  demakdir.  Bu  ish  tuproqning  ham  tabiiy  ham
                 madaniylashtirish  darajasida  vujudga  kelgan  xususiyatlari  hisobga  olingani  holda

                 amalga  oshiriladi.  Unumdorlik  boʻyicha  baholash  muayyan  yerdagi  qishloq
                 xoʻjaliklari ekinlarining talablari hisobga olingan holda oʻtkaziladi.
                              Baholash  yopiq  100  balli  shkala  boʻyicha  oʻtkaziladi.  Eng  yaxshi
                 xususiyatlarga ega boʻlagan va eng yuqori unumdor  tuproqlarga 100 ball qoʻyiladi.

                 Unumdorligini pasaytiruvchi-tuman xususiyatlarga ega boʻlgan har xil tuproqlarni
                 baholashda tegishli pasaytirish koeffitsientlari qoʻllaniladi.
                              Yerlarni  baholashda  tuproqning  asosiy  xususiyatlari  va  tabiiy  sharoitlari:

                 genetik  alomatlari,  sugʻorila  boshlagan  davrning  uzoq  yaqinligi,  tuproqning  sifati
                 boʻyicha nomlanishi, harakat resurslari bilan ta’milangani, mexanik tarkibi, tuproq
                 hosili qiladigan jinslar genezisi, tuproq qatlamining sizot suvlarini oʻtkazuvchanligi,

                 shoʻrlanish darajasi eroziyaga uchragani, sertoshligi, gipslashgani va x.k. lar hisobga
                 olinadi.
                           Yerlarni  iqtisodiy  baholash-bu  yerning  qishloq  xoʻjaligida  ishlab  chiqarish

                 vositasi sifatidagi solishtirma qadr-qiymatini aniqlash demakdir. Bu koʻrsatkichlar
                 ham nisbiy kattalikda, ya’ni ballarda ham absolyut koʻrsatkichida narxlar soʻmlarda
                 boʻlishi  kerak.  Yerni  iqtisodiy  baholash  va  tuproqlarni  bonitirovka  qilishda

                 tuproqlarni  ishlab  chiqarish  sharoitlar  emas,  asosan  oʻsimlik  oʻsishi  uchun  kerak
                 boʻlgan tabiiy xossalari hisobga olinib, guruhlarga boʻlinadi.
                                   Yerni baholash ikki yoʻl bilan amalga oshiriladi.

                 1) Yerni umumiy baholash (bu ayrim  oʻsimliklarni ekishning foydaliligi boʻyicha
                 yerni baholash);  2) xususiy baholash.
                            Yerni  umumiy  baholashning  asosiy  koʻrsatkichlari:  mahsuldorlik  jami
                 mahsulotning  qimmati  soʻm  (ga:  -  harajatning  qoplanishi  qilingan  bir  soʻmlik

                 harajatga  olingan  mahsulotning  qimmati);  diffyrensial  daromad,  foyda  joylashishi
                 va sifati eng yaxshi boʻlgan yerlardan olingan sof foydaning qoʻshimcha qismi.
                             Yerni  xususiy  baholashning  asosiy  koʻrsatkichlari:  hosildorlik,  s/ga;

                 differensial daromad soʻm/ga, harajatning qoplanishi, soʻm/ga.

                                   Yer fondlari holatini baholash va bashorat qilish

                            Tuproq  meliorativ  holatini  yaxshilash,  undan  oqilona  foydalanish,  uni
                 muhofaza  qilish,  tuproq    xossalarining    inson  faoliyati  ta’sirida  oʻzgarishlari
                 toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlarni taqozo etadi.  Yer qobigʻi, gidrosfera, atmosfera

                 va quruqlikda hayot kechiruvchi organizmlar oʻrtasida moddalar almashuvida sodir
                                                               43
   38   39   40   41   42   43   44   45   46   47   48