Page 48 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 48
xoʻjaliklarining odatda relefi tekisroq boʻlgan sharoitda 1:10000 masshtabli tuproq
xaritalari tuziladi. (1sm da 100m).
Xaritagramma-qishloq xoʻjalik ekinlar maydonlarining tuproq xaritasi
masshtabida chizilgan sxema tarzidagi tasviri. Xaritagrammalar tuproqning ayrim
xossalari ta’rifini toʻldirish uchun (chirindili qatlam qalinligi, mexanik tarkibi,
eroziyalanganlik darajasi, shoʻrlanganligi va ta’minlanganligi kabi) hamda
tuproqlardan foydalanishga doir tavsiyalarni aniqlashtirish, mujassamlari uchun
moʻljallangan. Bundan tashqari tuproq tarkibidagi kaliy va fosforning harakatchan
formasini koʻrsatuvchi agrokimyoviy xaritagrammalar ham tuziladi.
Umumiy xaritagrammalar jumlasiga tuproqlarni agroishlab chiqarish
guruhlarga birlashtirish va ulardan foydalanishga doir tavsiyalar beruvchi
xaritogrammalar, harakatchan shakldagi fosfor va kaliyning miqdorini koʻrsatuvchi
xaritogrammalar hamda tuproqlar bonitirovkasiga doir kartogrammalar kiradi.
Xududiy xaritagrammalar tuproqlarning eroziyalanganlik, kislotalilik,
shoʻrlanganlik darajasi va boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha tuziladi. Tuproq
xaritalariga uqtirish kitobi yoki tuproq ocherki, xaritagrammalarga esa tushuntirish
xati albatta ilova qilinadi.
Tuproq ocherki yoki tushuntirish xatida barcha oʻtkazilgan ishning natijalari
yozib qoʻyiladi, ularda xoʻjalikniing tabiiy sharoiti, tuproq qoplami, tuproq
xususiyatlarining morfologik va analitik ta’rifi, tuproqlarning agroishlab chiqarish
guruhlashtirish va tuproqlardan foydalanishga doir tavsiyalar, ularning unumdorligii
oshirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsatiladi.
Tuproqlarning agroishlab chiqarish guruhlashtirish deganda genezisi,
xossalari, foydalanishi va tavsiya etiladigan chora-tadbirlar boʻyicha bir-biriga
yaqin boʻlgan bir necha xil tuproq ayirmalarini birlashtirishi tushuniladi.
Tuproqni tekshirishga oid ma’lumotllardan ichki xoʻjalik yer tuzish ishlarida
almashlab ekiladigan maydonlarni toʻgʻri belgilash uchun, shuningdek ekin
maydonlarining transformastiyasi yoki ulardan foydalanishni oʻzgartirish uchun
qoʻllaniladi. Xoʻjalik tuproqlarini tekshirish ishlari yer tuzish ishlaridan oldin
oʻtkazilishi kerak. Tuproq xaritalari va xaritagrammalaridan tuproqqa ishlov berish
va oʻgʻitlash tizimini, tuproqlarni melioratsiyalash hamda bonitirovkalash turlarini
aniqlashda foydalaniladi.
Tuproqni dalada tekshirish ishi, asosan, tekshirilmoqchi boʻlgan joyning
tabiiy sharoiti va tuprogʻi haqidagi adabiyotlarni toʻla oʻrganib chiqishdan iborat.
Shuningdek, shu joyning topografik asosi, rejasi, va tuproqlarning tarqalishi
joylashini oʻrganib chiqiladi.
Tuproqni dalada tekshirish uchun quyidagilarni tayyorlash kerak: topografik
asos, dala kundalik daftari, tuproq ayirmasi, chuqurni yozish uchun maxsus daftar,
rangli va oddiy (qora) qalam, oʻchirgʻich, namuna olish uchun qop yoki qogʻoz,
kanop yoki yoʻgʻon ip, ruletka yoki poʻlat oʻlchagich, oʻtkir belkurak, oʻtkir qalin
48