Page 52 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 52
yoʻldosh tizimi mavjud. Barcha nomlangan tizimlar GNSS (Global Navigation
Satellite System), yaʼni global navigatsiya suniy yoʻldosh tizimlari (GNSS) atamasi
bilan birlashtirilishi mumkin. GNSS texnologiyalari Yerdagi obʼektlarning fazoviy
holati, ularning oʻlchamlari va vaqt oʻtishi bilan geometrik parametrlarining
oʻzgarishi haqida aniq maʼlumotga muhtoj boʻlgan joylarda muvaffaqiyatli
qoʻllaniladi.
26-rasm. GPS uskunasi
Joylashuvning umumiy atamasi nimani anglatadi? Joylashuvni aniqlash -
kuzatish obektlarining fazoviy holati parametrlarini aniqlash uchun ushbu tizimdan
foydalanishning mumkin boʻlgan usullarini amalga oshirish. Bunday parametrlar
qabul qiluvchining koordinatalari, uning harakat tezligi vektori, ikkita qabul
qiluvchi oʻrtasidagi fazoviy vektor, joylashishning aniq vaqti boʻlishi mumkin.
Ushbu parametrlar isteʼmolchi vektori deb ataladi. Binobarin, obʼektning
joylashishini, uning tezligini, kuzatish nuqtalari orasidagi fazoviy vektorni aniqlash
va aniq vaqtni qayd etish alohida holatlardir.
GPS (Global joylashishni aniqlash tizimi) AQSh Mudofaa vazirligi
tomonidan ishlab chiqilgan va qoʻllab-quvvatlangan, shuningdek, harbiylar
tomonidan NAVSTAR (Navigatsiya suniy yoʻldoshi vaqtini belgilash va masofa
oraligʻi) kod nomi bilan tanilgan. Loyiha 1978 yilda boshlangan. Tizimning birinchi
muntazam orbital yulduz turkumi 1989 yil iyunidan 1994 yil martigacha
joylashtirilgan. Dastlab orbitaga 24 ta Blok II kosmik apparati chiqarilgan. GPSning
oxirgi ishga tushirilishi 1995 yilda boʻlib oʻtdi.
Dala sharoitida tuproq kesmalarining geografik koordinatalarini GPS
asbobi yordamida oʻrganish
GATdan foydalanish tuproqshunoslikda amalga oshiriluvchi tadqiqotlarni
sezilarli darajada soddalashtiradi va dala sharoitida, shuningdek xona sharoitida
amalga oshirilishi belgilangan ishlarni amalga oshirishni tezlashtirish imkonini
beradi. Tahlil qilinayotgan hudud yer yuzasini aniq modellashtirish imkoniyatlari
52