Page 53 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 53
mavjudligi belgilangan ishlarning amalga oshirilishi muddatlari va hajmini sezilarli
darajada qisqartirish va oʻz navbatida, moddiy sarf harajatlarni kamaytirish
imkonini beradi.
27-rasm. GPS asbobi orqali olingan koordinatalar
Shunday qilib, tuproqshunoslikda tuproq qatlamini oʻrganish jarayonida
nazariy va shuningdek, amaliy nuqtai nazardan geoaxborot texnologiyalaridan
foydalanishning samaradorligi yetarlicha darajada yaqqol oʻz ifodasini topadi.
Ob’ektning joylashish koordinatalarini GPS yordamida aniqlash tamoyili joylashish
koordinatalari aniq boʻlgan, bir nechta su’niy yoʻldoshlargacha boʻlgan oraliq
masofani hisoblab chiqishga asoslanadi. Jumladan, kamida 3 ta su’niy
yoʻldoshgacha boʻlgan oraliq masofa qiymati ob’ektning joylashish koordinatalarini
markazi su’niy yoʻldosh joylashgan, radiusi esa - oʻlchanayotgan oraliq masofadan
tashkil topgan, sferalarning oʻzaro kesishish nuqtasi sifatida aniqlash imkonini
beradi.
Umumiy ishlash tamoyillari. Yer sharining atrofida joylashgan fazo
boʻshligʻini yerning su’niy yoʻldoshlar toʻri mavjud boʻlib, uning umumiy maydoni
tahminan butun yer yuzasini «qoplab olishi» qayd qilinadi. Yerning su’niy
yoʻldoshlari orbitalari yuqori darajada aniqlikda hisoblab chiqiladi, shu sababli har
qanday hoxlagan vaqt lahzasida su’niy yoʻldoshning joylashgan holati aniq ma’lum
holat hisoblanadi. Su’niy yoʻldoshlarga oʻrnatilgan radio uzatkich qurilmalar yerga
tomon yoʻnalishda uzluksiz tarzda signal joʻnatib turishi qayd qilinadi. Bu signallar
yer yuzasining ma’lum bir nuqtalarida joylashgan, koordinatalarni aniqlovchi GPS
qabul qilish qurilmalari orqali qabul qilinadi. Ushbu qabul qilish qurilmalarida
yerning su’niy yoʻldoshidan signalning chiqish vaqti oʻlchanadi va «su’niy yoʻldosh
- qabul qilish qurilmasi» oraliq masofasining qiymati hisoblanadi (ma’lumki,
radiosignal yorugʻlik nuri tezligida harakatlanadi). Yuqorida ta’kidlaganimizdek,
nuqtaning joylashish holatini aniqlash uchun, uchta koordinatani (X, Y yassi tekislik
koordinatalari va H balandlik koordinatasi) bilishimiz talab qilinadi, u holda qabul
qilish qurilmasida uchta turli xil su’niy yoʻldoshgacha boʻlgan oraliq masofa
oʻlchanishi zarur hisoblanadi. Yerning su’niy yoʻldoshlari va qabul qilish qurilmasi
53