Page 55 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 55
29-rasm. COMBI 5000 qurilmasi
EM-38 qurilmasi yordamida tuproq shoʻrlanishini baholash
texnologiyasi.
Tuproqning holatiga taʼsir qiluvchi bir qancha omillar mavjud. Elektromagnit
oʻtkazuvchanlik bu barcha omillar uchun umumiy atama boʻlib, tuproqning mexanik
tarkibi, namligi, harorati va shoʻrlanish darajasini ifodalaydi. Butun dunyoda
tuproqning elektromagnit oʻtkazuvchanligini (0,75–1,5 m chuqurlikda) oʻlchash
uchun asboblar (masalan, EM38) ishlab chiqilgan. EM38 yengil va ixcham boʻlib,
bir kishi uni bir qoʻlida koʻtarishi va butun maydonni oʻrganishi mumkin. Oʻlchovni
oʻtkazish uchun qurilmani oʻrganilayotgan yerning yuzasida ushlab turish va darhol
natijalarni olish kifoya. Maʼlumotni avtomatik ravishda saqlash uchun qurilmaga
maxsus yozib olish moslamasini (maʻlumotlar jurnali) ulashingiz kerak, bu sizga
natijalarni keyingi tahlil qilish uchun kompyutyerga chiqarish imkonini beradi.
30-rasm.EM-38 qurilmasi
Dala sharoitida tuproq muhiti pH ni aniqlash
Bugungi kunda pHni kuzatishning koʻplab usullari mavjud - lakmus qogʻozi
(pH indikator qogʻozi), choʻntak testerlari, yuqori aniqlikdagi laboratoriya
analizatorlaridan tuproq, suvli yeritma va atrof-muhit uchun koʻp funktsiyali koʻp
55