Page 54 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 54
tarkibida etalon tavsifiga ega boʻlgan soat (standart soat) ham oʻrnatiladi, bunda
su’niy yoʻldoshda qayd qilinuvchi etalon vaqt mutlaqo yuqori aniqlikka ega
hisoblanadi (bunda uzoq vaqt davomiyligidagi chastota barqarorligi 10-13-10-15
sutka darajasida ta’minlanadi).
28-rasm.GPS qabul qilish qurilmalarining turlari
Tuproqlarni dala sharoitida tezkor usulda aniqlash
COMBI 5000 - atrof-muhitga yoʻnaltirilgan loyihalar va faoliyatga
asoslangan oʻquv tadqiqotlarini amalga oshirishda koʻrgazmali oʻquv majmualari
doirasida turli maqsadlar uchun tuproq sharoitlarini monitoring qilish,
issiqxonalarda, oʻsimlikshunoslikda, shu jumladan hovlidagi bogʻlarda texnologik
parametrlarni monitoring qilishda qoʻllaniladi.
Koʻp parametrli elektron hisoblagich COMBI 5000, STEP Systems Gmbh,
tuproqning muhim parametrlarini oʻlchash uchun moʻljallangan:
• tuproqning kislotaligi (pH);
• elektr oʻtkazuvchanligi (EK);
• tuz faolligi (MA);
0
• tuproq harorati ( C);
• tuproq namligi (%).
Oʻlchovlar maxsus eritmada yoki toʻgʻridan-toʻgʻri tuproqda yoki substratda
amalga oshirilishi mumkin.
54