Page 49 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 49

pichoq,  charm  yoki  brezent  sumka,  ryukzak  yoki  qop,  kompas,  bloknot,  monolit

                 (100*20*8)  va  oddiy  yashik,  burma  va  oddiy  mix,  otvyorka,  bolgʻacha,  dala
                 soyaboni,  reaktivli  yashik  (HCl,  BaCl 2,  AgNO 3  larning  10%  li  eritmasi,
                 fenolftalein),  probirka,  voronka,  filtr  va  distillangan  suv,  lupa,  eklimetr,  vizirli

                 chizgʻich, tuproq parmasi (bura) gerbariy uchun tayyorlangan sim toʻr.
                        Bu  koʻrsatilganlarni  tayyorlab  fermer  xoʻjaligi  xududi  bilan  tanishib
                 chiqilgandan  soʻng  tuproqni  tekshirish  boshlanadi.Tuproq  xaritasini    chizish  va

                 analiz qilish uchun daladan namunalar olinadi.

                                           GAT texnologiyalari bilan tanishish

                        Geografik  axborot  tizimlari  (GAT,  keyinchalik  umumiy  qabul  qilingan
                 atamasi  -  GAT  ishlatiladi)  XX  asrning 60-yillaridan  boshlab rivojlana boshlagan,

                 lekin  bu  tizimning  keng  rivojlanishi  90-yillarga  toʻgʻri  keladi.  Bunga  sabab  shu
                 keyingi  20  yil  ichida  kompyuter  texnologiyasining  ancha  rivojlanishi  boʻldi.

                 Kartalar  yaratishning  "Qogʻozli"  deb  atalgan  odatdagi  texnologiyasi  bilan  bir
                 qatorda  geografik  axborot  tizimidan  foydalangan  holda  kartalar  yaratishning
                 kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
                        Oddiy  qilib  aytganda,  GATga  tabiat  va  jamiyat  ob’ektlari  va  hodisalari

                 haqidagi topografik, geodezik,  yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni
                 yigʻish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana
                 qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks,

                 deb ta’rif bersa boʻladi.
                        Barcha  GATlarda  ma’lumotlarni  yigʻish,  qayta  ishlash,  xotirada  saqlash,
                 yangilash, taxlil  qilish  va  ma’lumotlarni kompyuterda  yoki  yetarli darajada tasvir

                 xususiyatini  qayta  ishlay  oladigan  maxsus  dasturda  texnik  vositalar  orqali  ushbu
                 jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GAT — turli usullar bilan
                 toʻplangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan

                 mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.


























                                                               49
   44   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54