Page 50 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 50

23-rasm. ARGIS dasturi asosida ishlash

                        Hozirgi  paytda  foydalanish  sohalarining  kengligi  jixatidan  GATning  tengi
                 yoʻq  —  u  navigatsiya,  transport,  qurilish,  geologiya,  harbiy  ishlar,  iqtisodiyot,
                 ekologiya  va  boshqa  sohalarda  keng  qoʻllanilmoqda.  Geografik  axborot  tizimlari

                 yer  tuzishda,  turli  tizim  kadastrlarida,  kartografiyada  va  geodeziyada  keng
                 qoʻllanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa
                 koʻrinishdagi  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  va  ularni  tasvirlashni  GAT  tizimisiz

                 mumkin emas.





























                                              24-rasm. Dasturda hududni belgilash
                         Bugungi  kunda  ilmiy  tadqiqotlar  va  amaliy  faoliyatda  koʻplab  GATlar
                 ishlatiladi,  lekin  ular  orasida  shaxsiy  GATlar  keng  tarqalgan.  Jumladan,  ularga
                 GeoDraw,  GeoGraph  (Rossiya  Geografiya  instituti),  AtlasGis,  WinGis,  ArcInfo,

                 MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.



                                                               50
   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55